Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

NHHlar loyihalarini lingvistik ekspertizadan oʻtkazish qanday rejalashtirilmoqda

06.10.2021

Rus tilida oʻqish

Adliya vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining «Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini lingvistik ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori loyihasi ishlab chiqildi.

 

Hujjat Vazirlar Mahkamasining 10.02.2021 yildagi «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtishni ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 61-son qarori bilan tasdiqlangan «Yoʻl хaritasi»ning ijrosini ta’minlash maqsadida tayyorlandi.

 

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini lingvistik ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasida quyidagilar nazarda tutilgan:

• loyihani lingvistik ekspertizadan oʻtkazishning asosiy maqsadi va vazifalari;

• lingvistik ekspertizaga qoʻyiladigan asosiy talablar;

• ekspertiza oʻtkazish tartibi;

• ekspertning huquq va majburiyatlari.

 

NHHlar loyihalarining lingvistik ekspertizasi loyiha matni davlat tili qoida va talablariga muvofiqligini tekshirish maqsadida ishlab chiquvchi tomonidan yoki jalb etilgan ekspertlar tomonidan oʻtkaziladi.

 

2023 yil 1 yanvardan boshlab NHHlarning loyihalari lingvistik ekspertizadan oʻtkazilganidan soʻng jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish uchun joylashtiriladi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Lola Abduazimova.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_