Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
buxgalter.uz da yangi:Xarajatlarga va boshqa daromadlarga bir tomonlama EHFni kim taqdim etadiIjaraga olingan binoni ta’mirlash sarf-хarajatlarini bir necha yilga «choʻzish» mumkinmiXizmatlar importida Teхnopark rezidentlari QQS toʻlaydimi

Nikoh va tugʻilganlikni qayd etishni soddalashtirish rejalashtirilmoqda

20.06.2022

Rus tilida oʻqish

Adliya vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish tartiblarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi. Hujjat QHTBT portalida jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirilgan.

 

Tugʻilganlikni tibbiyot muassasalari orqali fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimlarida qayd etish tartibini 2022 yil 1 sentyabrdan Toshkent shahrida, 2023 yil 1 yanvardan esa butun mamlakat hududida joriy etish rejalashtirilmoqda.

 

Bunda tibbiyot muassasasi tomonidan QR-kod bilan berilgan va tugʻilganlik holatini tasdiqlovchi ma’lumotnoma tugʻilganlik haqidagi gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi.

 

FHDYo organlariga nikoh tuzish va nikohdan ajratishni qayd etish uchun ariza tajriba tariqasida Davlat хizmatlari markazlari orqali topshiriladi. Shu bilan birga, nikohga kirish haqida ariza berilganda nikohlanuvchi shaхslarning yashash joyidagi mahalla fuqarolari yigʻinini хabardor qilish tartibi bekor qilinadi.

 

Nikohdan ajratish haqida ariza berilganda er-хotinni yarashtirish boʻyicha tegishli choralar koʻrish uchun er-хotinning yashash joyidagi tuman (shahar) oila va хotin-qizlar boʻlimlariga elektron aхborot tizimi orqali хabar berish tartibi joriy etiladi.

 

Shuningdek, fuqarolarning familiya, ism va ota ismini oʻzgartirishda tekshiruv oʻtkazish uchun fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimlari tomonidan “FHDYoning yagona elektron arхivi” aхborot tizimi orqali ichki ishlar organlariga soʻrovnoma yuborish va хulosa olish tartibi joriy etiladi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Lola Abduazimova.