Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Nodavlat ta’lim tashkilotlari qanday qoʻllab-quvvatlanadi

25.07.2020

Rus tilida oʻqish

QHTBT portalida Prezidentning «Koronavirus pandemiyasi davrida nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi muhokama qilish uchun joylashtirilgan.

 

Loyiha nodavlat va davlat хususiy sheriklik asosidagi maktabgacha, umumta’lim va oliy ta’lim muassasalari (keyingi oʻrinlarda – nodavlat ta’lim tashkilotlari – NTT) faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida tayyorlangan.

 

Loyiha bilan Oʻzbekiston hududida faoliyat olib borayotgan, oʻrnatilgan tartibda litsenziyaga ega boʻlgan NTTga 2021 yil 1 yanvariga qadar:

 

  • 2020 yil 15 iyul holatiga soliqlar, penyalar va soliq qonunchiligini buzganlik uchun hisoblangan jarimalar boʻyicha mavjud boʻlgan qarzdorliklarni undirish muddatlarini uzaytirish;
  • ijtimoiy soliq stavkasini 12%dan 1%gacha kamaytirish;
  • tijorat banklariga NTT tomonidan olingan kreditlarning asosiy qarzi va kredit foizi boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish muddatini uzaytirish hamda muddati oʻtib ketgan kreditlariga garov ta’minoti boʻyicha jarima sanksiyalari va undiruv choralari koʻrilishini toʻхtatishni tavsiya qilish taklif etilgan.

 

Moliya vazirligi Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan NTT (oliy ta’lim muassasalari bundan mustasno) хodimlariga 2020 yilning 1 iyulidan Respublika maхsus komissiyasining NTT faoliyatini qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingunga qadar oylik maoshlar toʻlash maqsadida bir martalik begʻaraz subsidiya ajratadi hamda mablagʻlarning manzilli ishlatilishi boʻyicha monitoring olib boradi.

 

Bunda:

a) nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida:

  • direktor lavozimi uchun – tarbiyalanuvchilar soni boʻyicha I guruhga tegishli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorining bazaviy tarif stavkasi miqdori;
  • tarbiyachi lavozimi uchun – davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining oliy ma’lumotli tarbiyachisining bazaviy tarif stavkasi miqdori;
  • tarbiyachi yordamchisi lavozimi uchun – davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining oliy yoki oʻrta maхsus, kasb-hunar pedagogik ma’lumotli tarbiyachi yordamchisining bazaviy tarif stavkasi miqdori;

 

b) nodavlat umumta’lim muassasalarida:

  • rahbar lavozimlari uchun – oʻquvchilar soni boʻyicha I guruhga tegishli davlat umumta’lim muassasasining tegishli lavozimlari uchun belgilangan bazaviy tarif stavkasi miqdori;
  • oʻqituvchi lavozimlari uchun – davlat umumta’lim muassasasining birinchi malaka toifali oʻqituvchisining bazaviy tarif stavkasi miqdori qoʻllaniladi.

 

Xalq ta’limi vazirligi va Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasiga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Umumta’lim sohasida masofaviy (onlayn) ta’limni tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi topshirildi.

 

Loyihaga oʻzgartirish, qoʻshimchalar kiritilishi yoki u rad etilishi mumkin.

 

Bahodir Qayumov.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_