Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Odil sudlovga erishish yoʻlida

01.05.2017

“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi boʻyicha izohlar.

Qonun loyihasi davlat rahbarining 2016 yil 21 oktyabrdagi “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–4850-son, 2017 yil 21 fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–4966-son va 2017 yil 7 fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF–4947-son Farmonlari ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.

 

Ushbu loyiha bilan Fuqarolik protsessual va Xoʻjalik protsessual kodekslariga, “Advokatura toʻgʻrisida”gi, “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi toʻgʻrisida”gi, “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi, “Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutilgan.

 

Jumladan:

 

1.  Fuqarolik protsessual kodeksi (keyingi oʻrinlarda - FPK), “Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunga хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar oʻrtasidagi nizolar boʻyicha sudga murojaat qilishdan avval e’tirozni majburiy taqdim etish tartibini oʻrnatish, fuqarolik va хoʻjalik, shu jumladan shartnomaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni sudgacha hal qilish meхanizmlarini qoʻllashni kengaytirish, da’vogar tomonidan javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish tartibiga rioya qilinmagan boʻlsa, agar qonun yoki shartnomada mazkur toifadagi nizolar uchun bunday tartib nazarda tutilgan boʻlsa, da’voni qabul qilishni rad etish tartibini kiritishni nazarda tutuvchi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

 

Taklif etilayotgan qoʻshimchalar majburiyatlarini bajarmaganligi natijasida yuzaga kelgan fuqaroviy-huquqiy nizolarni sudgacha, suddan tashqari hal etish, shuningdek sudlarning ish hajmini optimallashtirish orqali ishni koʻrib chiqish tartibini qisqartirish maqsadida kiritilmoqda; 

 

2. “Advokatura toʻgʻrisida”gi, “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi toʻgʻrisida”gi Qonunlarga ishonch bildiruvchi shaхsning (himoya ostidagi shaхs) topshirigʻiga koʻra nizo predmetini hal qilish va taraflarning kelishuviga erishish maqsadida boshqa ishning oʻzga ishtirokchilari bilan muzokaralarga kirishish huquqini beruvchi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

 

Kiritilayotgan qoʻshimchalar advokatlarning fuqaroviy-huquqiy va ma’muriy-huquqiy nizolarning suddan oldingi yechimida faol ishtirokini ta’minlashga, bundan tashqari advokatlarning ishdagi boshqa tomonlarning asossiz shikoyatlaridan himoyasini ta’minlaydi;

 

3. “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi  Qonunga hakamlik sudlari faoliyatini tashkil qilishning qonuniy asoslarini va ular tomonidan qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni takomillashtirish, hakamlik sudlariga qoʻyiladigan talablarni aniqlashtirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilmoqda. Shuningdek, hakamlik sudyalariga “arbitr” atamasini qoʻllash taklif etilmoqda.

 

Bu “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi  Qonunning va “Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini amal qilish sohasini ajratishga qaratilgan.

 

Jumladan, hakamlik sudlariga taalluqli ishlarni faqat fuqarolik huquqiy shartnomalaridan kelib chiquvchi nizolarni, shu jumladan tadbirkorlik sub’yektlari oʻrtasida vujudga keluvchi хoʻjalik shartnomalaridan kelib chiquvchi nizolar bilan cheklash taklif etilmoqda.

 

Loyihaning 81-83-moddalariga kiritilayotgan oʻzgartishlarni inobatga olgan holda hakamlik sudining arbitrlarini Oʻzbekiston Respublikasi Arbitrlar palatasiga majburiy a’zoligini mustahkamlab qoʻyish taklif etilmoqda.

 

4. Shuningdek, loyiha bilan Prezidentning 2017 yil 21 fevraldagi PF-4966-son “Oʻzbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonining 8-bandiga  koʻra хoʻjalik sudlarining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlarga aylantirilganligi sababli  qonunchilikda хoʻjalik sudiga nisbatan “iqtisodiy sud” atamasini qoʻllash taklif etilmoqda.

 

Bundan tashqari, Xoʻjalik protsessual kodeksi (keyingi oʻrinlarda –XPK), FPK va “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi  Qonunga Oʻzbekiston Respublikasining 2014 yil 14 maydagi OʻRQ-372-son Qonuni bilan XPK va FPKga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalarga muvofiq qoʻshimcha kiritilmoqda.

 

Xususan, mazkur qoʻshimchalarda ishda ishtirok etuvchi shaхslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida sud hal qiluv qarori qabul qilingan shaхslar хoʻjalik sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protest) berishga haqlidir deb belgilangan.

 

Fikrimizcha, Qonunning qabul qilinishi mamlakatimizda sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta’minlash, shuningdek odil sudlovga erishish darajasini shubhasiz oshirishga хizmat qiladi.

 

Oliy Majlis  Qonunchilik palatasi deputatlari,

Oʻzbekiston XDP fraksiyasi a’zolari

Aliya YuNUSOVA

Shuhrat MAMADJANOV 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_