Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi
  • www.norma.uz
  • NHH loyihalari
  • Oliy ta’lim muassasalariga qabul qilishning yangi tartibi: nimalarni oʻzgartirish taklif etilmoqda

Oliy ta’lim muassasalariga qabul qilishning yangi tartibi: nimalarni oʻzgartirish taklif etilmoqda

19.02.2019

Rus tilida oʻqish

QHTBT portalida Prezidentning kirish test imtihonlarini oʻtkazish tizimini takomillashtirishga doir qarori loyihasi taqdim etilgan.

 

2019/2020 oʻquv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonida koʻp oʻzgartirishlar yuz beradi. Prezidentning 17.01.2019 yildagi PF–5635-son Farmoni va 2019 yilgi Davlat dasturida ushbu sohada kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilgan (sharhga qarang).

 

Taqdim etilgan loyiha yuqorida koʻrsatilgan hujjatlarni bajarish maqsadida ishlab chiqilgan boʻlib, unda yangi tartibni bosqichma-bosqich joriy etish taklif qilinmoqda. 

 

2019/2020 oʻquv yilidan boshlab:

 

birinchidan, oliy ta’lim muassasalariga qabul boʻyicha test sinovlarini iyul–avgustda oʻtkazish (hozir – avgustda);

 

ikkinchidan, ta’lim muassasalarini oʻtgan yillarda bitirgan abituriyentlardan test sinovlarida ishtirok etganlik uchun 1 EKIH (material e’lon qilingan paytda 202 730 soʻm) miqdorida yigʻim undirish. Toʻliq davlat ta’minotida boʻlgan yetim bolalar, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaхslar bundan mustasno.

 

Bu – muhim! Joriy oʻquv yilida bitirganlar uchun test sinovlari bepulligicha qoladi.

 

uchinchidan, eng yuqori ballning 30%i va undan ortiq ball toʻplagan abituriyentlarga fanlar boʻyicha test sinovlari natijalari qayd etilgan, 3 yil amal qiladigan sertifikat berish. Ularning sohiblari uchta ta’lim yoʻnalishi boʻyicha tanlovda ishtirok eta oladilar. Abituriyentlarda oʻsha oliy ta’lim muassasasida yoki yetarli oʻtish balli toʻplangan ta’lim yoʻnalishi boʻyicha oʻqish imkoni boʻladi;  

 

toʻrtinchidan, oʻzbek va qoraqalpoq tillari boʻyicha testlar faqat lotin yozuvida oʻtkaziladi.

 

2020/2021 oʻquv yilidan boshlab:

 

  • test fanlari kompleksini boʻlish. Birinchi boʻlimga – barcha test topshiruvchilar uchun 3 ta majburiy fan: ona tili, matematika va Oʻzbekiston tariхi; ikkinchisiga  tanlangan yoʻnalishga muvofiq keluvchi ikkita fanni kiritish. Bunda majburiy fanlar boʻyicha test savollari soddalashtirilgan, abituriyentlarning bazaviy bilimlarini baholashga yoʻnaltirilgan boʻlishi kerak;
  • «Oʻzbek tili», «Rus tili», «Qoraqalpoq tili» fanlari boʻyicha alohida sinovlar oʻtkazish.

 

 Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Lenara Xikmatova.