Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oltin va kumush medal sohiblariga OTMga kirishda imtiyoz berilishi mumkin

14.06.2018

Rus tilida oʻqish


Vazirlar Mahkamasining “Umumiy oʻrta ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ragʻbatlantirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi QHTBT portalida muhokama qilinmoqda.

 

Loyihada 11 yillik umumiy oʻrta ta’limga oʻtilishi munosabati bilan  umumiy oʻrta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga oltin va kumush medallarni ta’sis etish taklifi kiritilmoqda.

 

Loyihaga koʻra, 11-sinf bitiruvchilari:


oltin medalni olish uchun:

  • 9-sinfni bitirganlik toʻgʻrisidagi a’lo darajali shahodatnomaga;
  • 10-11-sinflardagi barcha fanlar boʻyicha oraliq, yakuniy nazoratlar hamda chorak va yil yakunlari boʻyicha a’lo baholarga;
  • namunali хulqqa ega boʻlishlari;
  • jamoat ishlarida faol boʻlishlari joiz.

 

kumush medalni:

  • 9-sinfni bitirganlik toʻgʻrisidagi a’lo darajali shahodatnomaga;
  • 10-11-sinflardagi barcha fanlar boʻyicha yil yakuniga koʻra a’lo baholarga;
  • namunali хulqqa ega boʻlgan;
  • jamoat ishlarida faol boʻlgan bitiruvchilar qoʻlga kirita oladilar.

 

Oliy ta’lim muassasalariga kirishda medallar sohiblariga quyidagi imtiyozlarni taqdim etish taklif etilmoqda:

  • oltin medal – kirish imtihonlarida toʻplagan umumiy ballga - 50%;
  • kumush medal - kirish imtihonlarida toʻplagan umumiy ballga - 30%.

 

Oltin va kumush medallarga ega boʻlgan oʻquvchilarga beriladigan imtiyoz muddatini 1 yilgacha qilib belgilash rejalashtirilgan.

 

Shuningdek, qaror bilan Umumiy oʻrta ta’lim muassasalari bitiruvchilarini a’lo bilimi, namunali хulqi va faol jamoatchiligi uchun oltin va kumush medal bilan taqdirlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni hamda oltin va kumush medallarning tavsifini tasdiqlash koʻzda tutilgan.

 

Xalq ta’limi vazirligi oltin va kumush medallarning oʻquvchilarga хolislik va odillik tamoyillariga amal qilgan holda topshirilishini ta’minlaydi.

 

Bundan tashqari,  vazirlik har yili 10 iyunga qadar oʻzining veb-saytida medallar bilan taqdirlangan bitiruvchilar va ularga berilgan shahodatnomalar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni joylashtiradi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.


Fozila Ashurova.


Kommentarii (2)

Dobavit kommentariy

Gost_A.Alimov :

2018-06-14 17:09:17

9-sinfni a’lo baholarga bitirib, qizil shaхodatnoma olgan va kasb-hunar kollejini ham a’lo bahoga bitirsa ham imtiyoz beriladimi?

Oshibka: Xbb_Tags_Quote ne nayden.Oshibka: Xbb_Tags_Simple ne nayden.

ashurova :

2018-06-18 10:40:53

Gost_A.Alimov :2018-06-14 17:09:17
9-sinfni a’lo baholarga bitirib, qizil shaхodatnoma olgan va kasb-hunar kollejini ham a’lo bahoga bitirsa ham imtiyoz beriladimi?                        
Assalomu alaykum! Qaror loyihasida faqat 9-sinfni tugallaganlik haqidagi a’lo shahodatnomaga ega va 10-11-sinflarni a’lo baholarga tamomlagan bitiruvchilar tilga olingan, kasb-hunar kollejlari haqida hech narsa deyilmagan. Savol va takliflaringizni havola orqali oʻtib, QHTBT portalida qoldirsangiz boʻladi. Loyiha hozirda muhokama bosqichida. 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_