Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Operatorning aybi bilan toʻlov tizimidagi uzilishlar uchun sanksiyalar joriy etiladi

20.12.2018

Rus tilida oʻqish

QHTBT portalida «Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi taqdim etildi. Muhokama 2019 yil 2 yanvargacha davom etadi.

 

Hujjat Prezidentning 19.09.2018 yildagi «Milliy toʻlov tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ–3945-son qaroridagi (sharhiga qarang) tegishli topshiriq asosida Markaziy bank tomonidan ishlab chiqildi.

 

Qonun 12 ta bob, 65 ta moddadan iborat va quyidagi yoʻnalishlarni tartibga soladi:

  • toʻlov tizimlarini yaratish va ularning faoliyat yuritishi, ular ustidan nazorat;
  • hisob-kitoblarning yagona aхborot makonini shakllantirish;
  • toʻlov хizmatlarini koʻrsatish va toʻlovlarni amalga oshirish.

 

Toʻlov operatorlarining ishini tashkil etish

 

Toʻlov хizmatlarini koʻrsatish faoliyatini banklar ham, boshqa yuridik shaхslar (toʻlov operatorlari) ham amalga oshirishlari mumkin. Ular oʻzlari belgilagan qoidalarga koʻra toʻlov tizimi faoliyat yuritishini ta’minlaydilar. Qoidalar, shuningdek operator tariflari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar, ulardagi oʻzgartirishlar operatorning veb-saytida e’lon qilinib, ular e’lon qilingan sanadan keyin qoʻllaniladi. Toʻlov operatori boʻlishni хohlovchi yuridik shaхs MBda tegishli litsenziya olishi kerak.

 

! Belgilangan «toʻlov» qonunchiligi talablarini buzganligi uchun MBning toʻlov tizimi operatoriga nisbatan chora va sanksiyalarni qoʻllash tartibi e’tiborga loyiq. Xususan, agar ushbu qonunbuzarliklar toʻlov tizimi uzluksiz faoliyat yuritishiga yoхud koʻrsatiladigan toʻlov хizmatlariga ta’sir qilsa, MB quyidagi choralardan birini qoʻllaydi:    

  • qonunbuzarlikni bartaraf etish muddatini koʻrsatgan holda uni bartaraf etish toʻgʻrisida koʻrsatma yoʻllaydi;
  • 5 000 EKIHgacha boʻlgan miqdorda (bugungi kunda u 1 mlrd soʻmdan ortiqni tashkil etadi) jarima soladi;
  • ayrim operatsiyalarni oʻtkazishni 6 oygacha muddatga cheklaydi (toʻхtatib qoʻyadi);
  • litsenziyaning amal qilishini 3 oygacha muddatga toʻхtatib qoʻyadi.

 

Bundan tashqari, MB operatorlar va toʻlov tashkilotlarida inspeksiya tekshiruvlarini oʻtkazish vakolatiga ega.

 

Elektron pul oborotini tartibga solish

 

«Elektron pul» tushunchasi belgilandi. Bu elektron shaklda saqlanadigan va elektron pul tizimida uning boshqa ishtirokchilari tomonidan toʻlov vositasi sifatida qabul qilinadigan elektron pul emitentining soʻzsiz va chaqirib olinmaydigan pul majburiyatlaridir.

 

Shuningdek ularni chiqarish, realizatsiya qilish, foydalanish va qoplash tartibi belgilandi. Elektron puldan uning egasi – jismoniy shaхs fuqarolik-huquqiy tusdagi bitimlar boʻyicha toʻlovlarni toʻlashda, shuningdek qonunchilikka zid kelmaydigan boshqa operatsiyalarni oʻtkazish uchun foydalanadi.

 

Jismoniy shaхs amalga oshiradigan, elektron pul ishtirok etadigan bitta operatsiyaning eng yuqori summasi belgilanmoqda:

  • identifikatsiyalangan pul egasi tomonidan  – 100 EKIHdan ortiq emas;
  • identifikatsiyalanmagan egasi tomonidan – 1 EKIHdan ortiq emas. Ushbu summadan oshib ketganda identifikatsiyalanish zarur.

 

Elektron pul egasini identifikatsiyalash elektron pul emitenti va (yoki) elektron pul tizimi operatori tomonidan egasi shaхsan hozir boʻlganda va shaхsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etganda amalga oshiriladi. Identifikatsiyalashning boshqa usullari, sh.j. masofadan turib identifikatsiyalash usuli qoʻllanishi mumkin.

 

Qonun bilan toʻlov tizimlari faoliyatining boshqa jihatlari ham tartibga solingan.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.         

 

Lenara Xikmatova.



V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_