Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oziq-ovqat bozorlarida savdo shoхobchalarini onlayn-auksion orqali ijaraga olish mumkin boʻladi

05.07.2018

Rus tilida oʻqish

QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining «Oziq-ovqat tovarlari bozorlarida turgʻun savdo shoхobchalari va savdo joylarini taqsimlashni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi muhokama qilinmoqda.

 

Toshkentdagi oziq-ovqat bozorlarida turgʻun savdo shoхobchalarini «Elektron onlayn-auksionlarni tashkillashtirish markazi» DUK tomonidan tashkil qilinadigan «E-IJRO AUKSION» onlayn-auksionlar orqali ijaraga berish taklif etilmoqda.

 

Quyidagilar rejalashtirilmoqda:

  • 2019 yil 1 apreldan boshlab Toshkent shahridagi oziq-ovqat bozorlarida turgʻun savdo shoхobchalari onlayn-auksionlar orqali ijaraga beriladi.
  • 2019 yil 15 iyulga qadar muddatda elektron savdo maydoni imkoniyatlari va funksiyalari tajriba sinovidan oʻtkaziladi.

 

Tizimning butun respublika boʻylab joriy qilinishi 2019 yil 1 avgustdan keyinga moʻljallangan.

 

Hujjat bilan oziq-ovqat bozorlarida turgʻun savdo shoхobchalarini ijaraga berish boʻyicha elektron maydonni ishlab chiqish va joriy qilish «Yoʻl хaritasi»ni tasdiqlash taklif etilmoqda.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Oleg Gayevoy.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_