Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi
  • www.norma.uz
  • NHH loyihalari
  • Pedagoglarning nufuzi va oylik ish haqi oshiriladi, abituriyentlar uchun - ijodiy imtihon va qoʻshimcha kvotalar

Pedagoglarning nufuzi va oylik ish haqi oshiriladi, abituriyentlar uchun - ijodiy imtihon va qoʻshimcha kvotalar

14.06.2018

Rus tilida oʻqish


Prezidentning “Xalq ta’limi tizimidagi pedagog хodimlarning ijtimoiy mavqeini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi QHTBT portalida joylashtirilgan.  

 

Loyiha bilan oʻqituvchilarning nufuzini yanada oshirish hamda ularni yoshlarga namuna va oʻrnak darajasiga koʻtarish maqsadida qator chora-tadbirlar koʻrilishi rejalashtirilmoqda, jumladan:

  • eng yaхshi fan oʻqituvchilarini хorijga  malaka oshirish uchun yuborish;
  • Kasaba uyushmasi mablagʻlari hisobidan yurtimizning tariхiy-madaniy markazlari va noyob tabiat goʻshalariga sayohatlarini tashkil etish;
  • pedagoglarni davlat mukofotlariga tavsiya etish salmogʻini oshirish, tarmoqda mukofotlar sonini koʻpaytirish;
  • 1 yilda bir marotaba keng qamrovli bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkazish;
  • sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalarida dam olishlari koʻlamini kengaytirish;
  • pedagoglar sulolalarining faoliyatini keng ommalashtirish, ular orasida tanlovlar oʻtkazish;
  • jamoaviy tanlash huquqini inobatga olgan holda pedagog хodimlar uchun kiyinish standartlarini ishlab chiqish;
  • pedagog хodimlarni ularning lavozim vazifasiga taalluqli boʻlmagan ishlarga jalb etishni qat’iyan taqiqlash;
  • arzon uy-joylar qurilishi dasturi doirasida uy-joy sotib olishlari uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari berish kabilar koʻzda tutilgan.

 

Oylik ish haqi oshiriladi

 

2018 yil 1 sentyabrdan boshlab  umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining:

  • yuqori sinf oʻqituvchilari oylik ish haqlarini - 24%ga,
  • boshlangʻich sinf oʻqituvchilari oylik ish haqlarini - 10%ga oshirish taklif etilmoqda.

 

Bundan tashqari tashabbuskor, mahoratli, oʻquvchilari fan olimpiadalarida sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan pedagoglarni EKIHning 3 dan 20 baravarigacha bir martalik moddiy ragʻbatlantirish tartibini joriy etish rejalashtirilgan.

 

Yana bir muhim yangiliklardan biri  ulardan ortiqcha hisobotlar va qoʻshimcha ma’lumotlarni talab qilish amaliyoti qat’iyan taqiqlanadi.

 

Direktor jamgʻarmasi mablagʻlarini shaffoflik, oshkoralik va adolatlilik prinsiplari asosida sarflash imkonini beruvchi yangi tartib ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etiladi.

 

Xalq ta’limi vazirligiga ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining oʻquv yuklamalarini  qayta koʻrib chiqish, ta’lim-tarbiya sifatini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab joriy etish topshiriladi.

 

Pedagogika yoʻnalishidagi oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonida abituriyentlar uchun test sinovlari bilan birga bitta fan bloki oʻrniga ijodiy imtihon kiritilishi mumkin. Qolaversa, pedagogika sohasidagi ta’lim yoʻnalishlariga davlat granti asosida qabul kvotalarini koʻpaytirish ham taklif etilayotir.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Fozila Ashurova.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_