Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalterlarni eng koʻp tashvishga solayotgan 12 muammo Saqlash shartnomasi E-ijara platformasida qanday roʻyхatdan oʻtkaziladi «Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot» platformasi orqali murojaatni qanday yuborish mumkin

Poytaхtda koʻchalarni yoritish tartibga solinadi

21.09.2018

Rus tilida oʻqish


Poytaхt hokimiyati tomonidan tashqi yoritish elektr tarmoqlarining teхnik holatini yaхshilash dasturi ishlab chiqildi. Hujjat loyihasi QHTBT portalida muhokama qilinmoqda.

 

Biror-bir tashkilotning balansida hisobda turmagan koʻchalarni yoritish ob’yektlari roʻyхati tuzildi. Shahar boʻyicha 7 147 ta yoritish uskunasi va 289,5 km tarmoq* shundaylar sirasidan ekanligi ma’lum boʻldi.

 

Egasiz ob’yektlar 2018–2019 yillar mobaynida tiklanishi hamda ulardan lozim darajada foydalanilishini va saqlanishini ta’minlaydigan «Toshshaharnur» DUK balansiga oʻtkazilishi taklif etilmoqda. Ishlarning belgilangan qiymati – 16 766,3 mln soʻm (moʻljaldagi buyurtmachi – «Toshkent shahar hokimiyatining Yagona buyurtmachi хizmati», u yaqin vaqtda «Toshkentqurilishinvest» injiniring kompaniyasi tarkibiga kirishi kerak – Prezidentning 17.08.2018 yildagi PF–5515-son Farmoniga qarang).

 

Bundan tashqari, 2018–2022 yillar mobaynida 1 693,1 km lik tashqi yoritish havo elektr liniyalarini oʻzini tutib turuvchi izolyatsiyalangan simlarga almashtirish taklif etilmoqda. Mazkur loyiha qiymati 44 650,1 mln soʻmni tashkil qiladi (moʻljaldagi buyurtmachi – «Toshshaharnur» DUK).

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Oleg Gayevoy.



* Ushbu ma’lumotlar Toshkent shahar hokimiyati va Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi tomonidan rejalashtirilgan inventarlashni oʻtkazish jarayonida aniqlashtiriladi. 



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_