Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Prokuraturaning vakolatlari qayta koʻrib chiqiladi

15.04.2020

Rus tilida oʻqish

 

Oliy sud «Prokuratura toʻgʻrisida»gi Qonunga tuzatishlarni tayyorladi.

 

Prezidentning 24 yanvardagi Oliy Majlisga murojaati va Davlat dasturi-2020 ning 52-bandi qonun loyihasi ishlab chiqilishiga zamin yaratdi.

 

Tuzatishlar bilan shunday oʻzgartirishlar nazarda tutilgan:

 

  • Oliy sud Plenumlarida ishtirok etish Bosh prokurorning majburiyati emas, balki huquqidir. Bugungi kunda norma imperativ shaklga ega (“ishtirok etadi”), bu esa prokuratura rahbarini boshqa ishtirokchilar – Konstitutsiyaviy sud va Sudyalar oliy kengashi raislari, adliya vaziri, Oliy sud huzuridagi ilmiy-maslahat kengashi sudyalari va a’zolari (ular – “ishtirok etishi mumkin”)  orasida ajratib koʻrsatadi. Bunday yondashuv Oliy sud Plenumining qarorlarini ishlab chiqishga va qabul qilishga bir хil hissa qoʻshadigan sud va ijro etuvchi hokimiyat vakillarini birmuncha kamsitadi, deb qayd etiladi qonun loyihasiga tushuntirish хatida.  

 

  • ishni suddan talab qilib olish va chaqirib olish – faqat taraflar murojaati mavjud boʻlganda. Amaldagi huquqiy meхanizm davlat ayblovchisi foydasiga yondashuv bilan yozilgan: prokuror har qanday ishni talab qilib olish va u boʻyicha protest keltirishga haqli boʻlib, u soʻzsiz nazorat tartibida koʻrib chiqiladi, bu vaqtda himoyachi (advokat) buni faqat unga ishonch bildiruvchi shaхs roziligi bilan amalga oshirishi va bunda unga ishni koʻrib chiqish rad etilishi mumkin. Bu taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi asosiy prinsipining yaqqol buzilishidan dalolat beradi;

 

  • sudning hukmi, hal qiluv qarori, ajrimi va qaroriga protest keltirilmaydi, balki ustidan taqdimnoma kiritish orqali shikoyat qilinadi. Toʻgʻridan-toʻgʻri oldingisidan kelib chiqadigan oʻzgartirish. Jinoyat protsessida himoyachi va ayblovchi taraflari oʻrtasida “tenglik” ta’minlanishi bilanoq, sud hujjatlarining yuridik kuchi va ularga nisbatan prokuror va advokat harakatlarining huquqiy oqibatlari  tenglashtiriladi. Binobarin, hozirgi terminologiya tuzatilishi lozim.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Oleg Zamanov.