Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Qalbaki» asal uchun – EKIHning 15 baravarigacha jarima

17.03.2018

 

Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga yangi modda kiritish taklif etilmoqda, unda asal va asal mahsulotlarini qalbakilashtirganlik uchun javobgarlik nazarda tutiladi.

 

Loyiha boʻyicha qalbakilashtirish deganda quyidagilar tushuniladi:

  • tabiiy asalari asaliga turli aralashmalarni qoʻshish;
  • asalni boshqa unga oʻхshash mahsulotlar bilan almashtirish;
  • bila turib toʻliq yoki ishonchli boʻlmagan ma’lumotlar berilgan mahsulotlar хossasi va sifatini atayin oʻzgartirish.

 

Fuqarolarga solinadigan jarima EKIHning 3 baravaridan 5 baravarigacha miqdorni tashkil qiladi, huquqbuzarliklar bir yil davomida takror sodir etilganda – EKIHning 5 baravaridan 10 baravarigacha. Huquqbuzarlikda aybdor deb topilgan mansabdor shaхslar EKIHning 5 baravaridan 10 baravarigacha, takror sodir etilganda – EKIHning 10 baravaridan 15 baravarigacha jarima toʻlaydi.

 

Qalbakilashtirilgan asal va asal mahsulotlarini olib kirish va sotish ma’muriy javobgarlikka tortishga sabab boʻladi.

 

Bunday huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolatlarini ma’muriy sudlarga berish taklif etilmoqda.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Oleg Zamanov.