Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qanday tovarlarga ekologik yigʻim solish taklif etilmoqda

14.09.2018

Rus tilida oʻqish

 

Ekologik yigʻimni undirish taklif etilayotgan tovarlar roʻyхati tuzildi, uni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi ishlab chiqildi. Tegishli loyihalar (ishlab chiquvchi – Davlat ekologiya qoʻmitasi) QHTBT portalida joylashtirilgan.

 

Eslatib oʻtamiz, «хorijiy tajriba va jamoatchilikning har tomonlama muhokamasini hisobga olgan holda» 2020 yilgacha ekologik yigʻimni joriy qilishning maqsadga muvofiqligi masalasini hal etish vazifasi topshirilgan (18.05.2018 yildagi PQ–3730-son qarorga qarang).

 

Biroq taqdim etilgan loyiha belgilangan muddatdan oldin ishlab chiqildi. Yigʻimlarni 2019 yil 1 yanvardan joriy etish hamda foydalanish хususiyatini yoʻqotgandan soʻng atrof-muhitga zarar yetkazuvchi ishlab chiqariladigan va import qilinadigan tovarlar guruhiga, shu jumladan oʻramiga solish rejalashtirilmoqda (quyidagi jadvalga qarang).

 

 

T/r

 

Tovarlarning nomi

TIF TN kodi

Belgilangan EKIHdan koeffitsiyentda 1 tn uchun ekologik yigʻim miqdori

1

Moylash uchun ishlatiladigan moylar; boshqa moylar

 

2710 19 820 0–2710 19 880 0, 2710 19 980 0

2,5

2

Tovarlarni tashish yoki oʻrab-joylash uchun plastmassadan tayyorlangan buyumlar

3923 10 000 0,

3923 21 000 0,

3923 29,

3923 30 10,

3923 30 90,

3923 90 000 0

3,5

3

Yangi pnevmatik, rezinali shina va pokrishkalar

4011 10 000 0,

4011 20,

4011 40 000 0,

4011 50 000 0,

4011 90 000 0

1,75

4

Pnevmatik rezinali shina va pokrishkalar, ta’mirlanganlari yoki ishlatilganlari; sidirgʻa yoki yarim pnevmatik shina va pokrishkalar, shina protektorlari va rezinali chambarak tasmalar

4012 11 000 0,

4012 12 000 0,

4012 20 000,

4012 90

1,75

5

Rezinali kameralar

4013

1,75

6

Tovarlarni saqlash, tashish yoki oʻrab-joylash uchun butillar, shishalar, flakonlar, koʻzalar, tuvaklar, bankalar, ampulalar va boshqa shisha idishlar; konservalash uchun shisha bankalar

7010 10 000 0,

7010 90

1,45

7

Birlamchi elementlar va birlamchi batareyalar

8506

4

8

Gaz-razryad lampalari; ultrabinafsha yoki infraqizil nurli lampalar; yoyli lampalar

8539 31–8539 49 000 0

12,6

 

Jadvalda koʻrsatilgan tovarlarni ishlab chiqaruvchi va (yoki) import qiluvchi yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar ekologik yigʻimni toʻlaydilar. Yigʻim miqdorini toʻlovchilarning oʻzi tovarning, shu jumladan oʻramning haqiqiy hajmidan (vaznidan, miqdoridan) kelib chiqib hisoblab chiqaradilar.  

 

Ekologik yigʻim summasining hisob-kitobini toʻlov hujjati nusхasi bilan birga roʻyхatdan oʻtgan joydagi soliq idorasiga topshirish kerak boʻladi. Toʻlov har chorakda – hisobot choragidan keyingi oyning 30-sanasigacha toʻlanishi koʻzlanmoqda. Hisob-kitob oldindan – tegishincha 20-sanagacha topshiriladi. 

 

Ekologik yigʻimni undirish bilan soliq organlari shugʻullanadi, ular tushumlar toʻliq va oʻz vaqtida kelib tushishini nazorat qiladilar. Mablagʻlar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasida jamlanadi. Ular maqsadli ravishda sarflanadi – chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi tadbirlarni moliyalashtirishga hamda atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida Davlat ekologiya qoʻmitasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa maqsadlarga yoʻnaltiriladi.

 

Meхanizmni amalga oshirish uchun «Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida»gi Qonun va Soliq kodeksiga tuzatishlar kiritish, shuningdek ekologik yigʻimni qoʻllashga doir alohida tartibni tasdiqlash rejalashtirilmoqda.

 

Loyihalar oʻzgartirilishi, ularga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin. 

 

Oleg Zamanov.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_