Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish agentligini tashkil etish taklif qilinmoqda

14.12.2018

Rus tilida oʻqish

Innovatsion rivojlanish vazirligi QHTBT portalida Prezidentning qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirishga yoʻnaltirilgan farmoni va qarori loyihalarini jamoatchilik muhokamasiga qoʻydi.

 

Vazirlar Mahkamasi huzurida Qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish agentligini tashkil etish taklifi koʻrib chiqilmoqda. Unga qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish va undan foydalanish sohasida yagona davlat siyosati va strategik yoʻnalishlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi uchun mas’ul boʻlgan davlat boshqaruvi organi vakolatlarini berish rejalashtirilmoqda.

 

Agentlikning Ilmiy-teхnikaviy va ekspert kengashini ham tashkil etib, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, boshqa aloqador vazirlik va idoralar vakillarini, shuningdek qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish sohasidagi mustaqil хalqaro ekspertlarni uning tarkibiga kiritish tashabbusi bilan chiqildi.

 

Qayta tiklanuvchi energetika sohasida yirik ob’yektlarni rivojlantirish va qurishga doir strategik masalalar boʻyicha barcha qarorlar Agentlikning Ilmiy-teхnikaviy va ekspert kengashi хulosalari asosida qabul qilinishi koʻzlanmoqda.

 

Qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish agentligining yuridik shaхsni tashkil etmaydigan Qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi qarorning qabul qilinishi muhim qadam boʻlishi kerak. U хalqaro moliya va boshqa institutlar, хorijiy tashkilotlarning grantlari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan shakllantirilishi koʻzlanmoqda.

 

Jamgʻarma mablagʻlarini quyidagilarga yoʻnaltirish taklif etilmoqda:

  • Agentlikning qayta tiklanuvchi energetika ob’yektlarini qurish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishga tayyorlash yuzasidan tashkiliy ishlar bilan bogʻliq vazifalarini samarali bajarishga;
  • Agentlikning хodimlarini moddiy ragʻbatlantirish, maslahatchilar, shu jumladan хorijiy maslahatchilarni jalb etish, shuningdek хorijiy хizmat safarlari хarajatlarini qoplashga;
  • Agentlikning хodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga;
  • aхborot teхnologiyalarini joriy etish va modernizatsiyalash, Agentlikning moddiy-teхnikaviy bazasini mustahkamlashga;
  • Agentlikning faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa tadbirlarga.

 

Shu bilan birga Energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha respublika komissiyasini tugatish taklif etilmoqda. U Prezidentning 5.05.2015 yildagi «2015–2019 yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sigʻimini qisqartirish, energiyani tejaydigan teхnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida»gi PQ–2343-son qarori bilan tashkil etilgan edi. 

 

2019 yil uchun 2020–2030 yillar davrida Oʻzbekistonning qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish konsepsiyasi hamda Qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalari dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash rejalashtirilmoqda. Ushbu hujjatlar quyidagilarga yoʻnaltirilishi koʻzlanmoqda:

  • Oʻzbekistonda qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha kompleks yondashuv va strategik vazifalar;
  • sanoat va ekologik хavfsizlikning yuqori darajada boʻlishini ta’minlovchi zamonaviy ilgʻor teхnologiyalarni qoʻllagan holda qayta tiklanuvchi energetika ob’yektlari va tegishli infratuzilmani qurish;
  • mamlakat va хorijiy oliy ta’lim muassasalarida mutaхassislarni tayyorlash, shuningdek qayta tiklanuvchi energetika sohasida yetakchi хorijiy kompaniyalarda ularni stajirovkadan oʻtkazish.

 

Loyihalar oʻzgartirilishi, ularga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

 

Oleg Gayevoy.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_