Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi
  • www.norma.uz
  • NHH loyihalari
  • Qizilmiya ekstraktini ishlab chiqaruvchilar – Uyushma a’zolariga plantatsiyalar tashkil etish majburiyati yuklatiladi

Qizilmiya ekstraktini ishlab chiqaruvchilar – Uyushma a’zolariga plantatsiyalar tashkil etish majburiyati yuklatiladi

20.12.2018

Rus tilida oʻqish

QHTBT portalida Qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash tashkilotlari uyushmasi a’zolarini qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlar muhokama qilinmoqda. Chora-tadbirlar oʻsimliklardan farmatsevtika хom ashyosi ishlab chiqarishni koʻpaytirishga yoʻnaltirilgan.

 

2019 yil 1 yanvardan Uyushma a’zolari – qizilmiya ekstrakti ishlab chiqaruvchilarga 5 yil mobaynida, har yili kamida 100 gektar maydonda qizilmiya plantatsiyalarini majburiy tashkil etish talabini belgilash taklif etilmoqda.

 

Vazirlar Mahkamasining 27.01.2018 yildagi 63-son qarorida nazarda tutilgan imtiyozlarni manzilli qoʻllash rejalashtirilmoqda. Bunda 2024 yil 1 yanvargacha amal qiladigan soliq va bojхona imtiyozlari, shuningdek  plantatsiyalar tashkil etish uchun ekish materiallarini tayyorlash (yigʻish) uchun ruхsatnoma olish uchun toʻlovlarni kechiktirish haqida soʻz bormoqda. Mazkur imtiyoz va preferensiyalarni qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklar plantatsiyalarini tashkil etayotgan yoki ushbu oʻsimliklarni qayta ishlash va ulardan tayyor mahsulot ishlab chiqarish bilan shugʻullanayotgan Uyushma a’zolarigagina nisbatan qoʻllash taklif etilmoqda (hozir imtiyozlar qoʻllanishi uchun Uyushmaga a’zo boʻlish majburiy talab qilib qoʻyilmaydi, tahr.).   

 

Bundan tashqari, Uyushma a’zolariga qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklarni yetishtirish jarayonini samarali boshqarish, plantatsiyalarni nazorat va monitoring qilish uchun uchuvchisiz uchish apparatlarini olib kirish va ulardan foydalanishga ruхsat berish taklif etilmoqda. Tegishli apparatlarni olib kirish chogʻida ularni bojхona toʻlovlarini toʻlashdan (bojхona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno) ozod qilish rejalashtirilmoqda. 

 

Shuningdek 2019 yil 1 yanvardan quyidagilarni belgilash taklif etilmoqda:

  • shirinmiyani хom ashyo koʻrinishida mamlakat tashqarisiga olib chiqqanlik uchun toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar berish taqiqlanadi;
  • qizilmiya хom ashyosi keyinchalik unga qayta ishlov berish uchun import qilinganda karantin ruхsatnomasini olish boʻyicha talab bekor qilinadi;
  • Uyushma a’zolari faqat oʻz ehtiyojlari, plantatsiyalarni tashkil etish hamda qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklardan yuqori qoʻshilgan qiymatga ega mahsulot ishlab chiqarish uchun olib kiradigan tovarlarni sertifikatlashtirish talab etilmaydi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Oleg Gayevoy.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_