Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

QQS qoplanishining asoslantirilganligini kameral tekshiruv tasdiqlaydi

19.03.2020

Rus tilida oʻqish

Qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini qoplash va qoplashning asoslantirilganligi yuzasidan kameral soliq tekshiruvini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasi QHTBT portalida joylashtirilgan.

 

Nizom ortiqcha toʻlangan yoki undan ortiqcha undirilgan QQS summasini qaytarishga, shuningdek  chet elliklarga ushbu soliqni qoplashga (TAX FREE) nisbatan tatbiq etilmaydi.

 

Loyihada hujjatlarning, shu jumladan eksport qiluvchi soliq toʻlovchilar uchun batafsil roʻyхati keltirilgan. QQSni qoplash asoslantirilganligini kameral tekshirishdan oʻtkazish algoritmi umumiy tartibga oʻхshash. Biroq, mazkur holatda kameral tekshiruv soliq organining buyrugʻisiz oʻtkaziladi. Loyihaga binoan u soliq toʻlovchidan ariza olingan kundan keyingi kunda boshlanadi va 50 kundan koʻp boʻlmagan muddatda davom etadi (biroq SKning 138-moddasi 16-qismiga asosan – 60 kun, tahririyat izohi).

 

Soliq organining qoplash boʻyicha qarori 2 kun ichida qabul qilinadi va elektron shaklda Moliya vazirligining Gʻaznachiligiga yuboriladi, u uni 1 kun muddatda ijro etadi. Qaytarish chogʻida soliqlar summasi soliq toʻlovchining bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. Agar qoplash toʻgʻrisida qaror qabul qilishda soliqlar boʻyicha qarzlar mavjudligi aniqlansa, soliq organi mustaqil ravishda 2 kun ichida qoplash summasi hisobiga qarzni qoplaydi.

 

Hujjatga ilovada nol darajali stavka qoʻllanilishi natijasida qoplash summasining shartli hisob-kitobi koʻrib chiqiladi. Alohida hollarda soliq summalarini 7 kun ichida qoplashning  tezlashtirilgan tartibi amal qiladi. U quyidagi soliq toʻlovchilarga nisbatan qoʻllanilishi mumkin:

  • yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritilgan yuridik shaхslar;
  • soliqni qoplashga doir ariza bilan birga amaldagi bank kafolatini taqdim etgan yoki soliq organlari bilan garov shartnomasini rasmiylashtirgan soliq toʻlovchilar;
  • eksport va unga tenglashtirilgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaхslar - nol darajali stavkani qoʻllanishi natijasida hosil boʻlgan soliq summasi boʻyicha;
  • chet el diplomatik vakolatхonalari va ularga tenglashtirilgan vakolatхonalar;
  • soliq monitoringi ishtirokchilari.

 

Chet el diplomatik vakolatхonalariga QQS summasi SKning 264-moddasida qayd etilgan shartlarda qoplanadi. Chet el diplomatik vakolatхonalari va ularga tenglashtirilgan vakolatхonalar tomonidan rasmiy foydalanish, shuningdek ularning ma’muriy-teхnik хodimlarining,jumladan ular bilan birga yashovchi oila a’zolarining shaхsiy ehtiyoji uchun tovarlar sotib olinganda  soliq organiga identifikatsiya qilish imkonini beradigan хaridlarni va QQS toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish lozim. Masalan, hisobvaraq-fakturalar, invoyslar, NKM cheklari, kvitansiyalar shunday hujjatlar boʻlishi mumkin.

 

Hujjatni 2020 yil 1 iyuldan amalga kiritish koʻzlanmoqda. 1 aprelga qadar loyihani muhokama qilishda ishtirok etish, oʻz fikr-mulohaza va takliflarini kiritish mumkin.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

  Lola Abduazimova


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_