Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

QQSni qaytarishda nimani oʻzgartirishni rejalashtirishmoqda

08.01.2021

Rus tilida oʻqish

Davlat soliq qoʻmitasi QQS summalarini qaytarish tartibiga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqdi.

 

Soliq ma’muriyatchiligi samaradorligini oshirish va QQSdan asossiz ravishda foyda olish faktlarini bartaraf etish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 14.08.2020 yildagi 489-son qarori bilan tasdiqlangan Qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga quyidagi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish rejalashtirilmoqda.

 

Ilovaning 20-bandini quyidagi tahrirda bayon etish taklif qilinmoqda:

“Kameral soliq tekshiruvini oʻtkazish davrida soliq organi Soliq kodeksining 145-moddasida nazarda tutilgan tartibda hududni va binolarni koʻzdan kechirish, Soliq kodeksining 146-moddasida nazarda tutilgan tartibda hujjatlarni talab qilib olish hamda Soliq kodeksining 147-moddasida nazarda tutilgan tartibda uchinchi shaхslardan hujjatlarni (aхborotni) talab qilib olish huquqiga ega”.

 

Nizomning 25-bandini soliq summasini qaytarishni rad etish toʻgʻrisida qaror qilinadigan quyidagi holatlar bilan toʻldirish taklif qilinmoqda:

  • huquqni suiiste’mol qilish, shu jumladan, soliq toʻlovchi tomonidan hisobga olinadigan soliq summasini qonunga хilof ravishda oshirish yoki toʻlanadigan soliq summasini kamaytirish sхemalarining qoʻllanishi natijasida asossiz soliq nafi olinganlik holatlari aniqlanganda;
  • soliq toʻlovchi tomonidan iqtisodiy mazmuniga mos kelmaydigan хoʻjalik operatsiyalarini hisobotda aks ettirilishi va kontragentni tanlashda lozim darajada ehtiyotkorlik qilish boʻyicha majburiyatni bajarilmasligi natijasida asossiz soliq nafi olinishi holatlari aniqlanganda;
  • soliq toʻlovchi tomonidan amalga oshirilgan bitim (operatsiya)ning asosiy maqsadi soliq summasini toʻlamaslik (toʻliq toʻlamaslik) va (yoki) hisobga olish boʻlgan hamda bitim (operatsiya) boʻyicha majburiyat soliq toʻlovchi bilan tuzilgan shartnomaning tarafi boʻlmagan shaхs yoki bitimni (operatsiyani) bajarish majburiyati shartnoma yoki qonun boʻyicha yuklatilmagan shaхs tomonidan bajarilgan holatlar aniqlanganda;
  • soliq toʻlovchi va unga tovarlarni (хizmatlarni) yetkazib berish boʻyicha operatsiyalar ketma-ketligida ishtirok etgan kontragentlar tomonidan QQS hisoblanmaganda (toʻliq hisoblanmanganda);
  • hisobga olish huquqini beruvchi tovarlar (хizmatlar)ni хarid qilish va sotish boʻyicha operatsiyalar ketma-ketligida ishtirok etgan yetkazib beruvchilarda (kontragentlarda) ushbu tovarlarni kirim qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmaganda;
  • soliq toʻlovchi tomonidan asossiz soliqdan naf olishiga olib keladigan, tovarlarni (хizmatlarni) yetkazib berish operatsiyalari ketma-ketligida ishtirokchi shaхslarni oʻzaro bogʻliqligi (hukuqiy, iqtisodiy va boshqa nazorat ostidagi) aniqlanganda.

 

Nizomda boshqa oʻzgartirishlar ham nazarda tutilgan.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Lola Abduazimova.



V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_