Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yil avgustdan oʻzini oʻzi band qilgan shaхs uchun aylanmadan olinadigan soliqni kim toʻlaydi «Huquqiy targʻibot» tizimi qanday ishlaydi Markaziy bank asosiy stavkani 14% darajasida saqlab qoldiYHQni buzganlik uchun jarimalar: yuridik shaхslar uchun yoʻriqnoma Ishga qabul qilishni qachon rad etish mumkin va qachon mumkin emas Ishga qabul qilishni qachon rad etish mumkin va qachon mumkin emas

Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish jadallashtiriladi

20.08.2018

Rus tilida oʻqish

2030 yilgacha «Raqamli Oʻzbekiston» rivojlanish konsepsiyasini ishlab chiqadigan Raqamli iqtisodiyot rivojlantirilishini muvofiqlashtirish komissiyasini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi QHTBT portalida muhokama qilinmoqda.

 

Konsepsiyaga quyidagi chora-tadbirlarni kiritish tashabbusi bilan chiqilgan:

  • telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish, aholini sifatli uyali aloqa, keng polosali Internetdan foydalanish imkoni bilan ta’minlash;
  • sogʻliqni saqlash, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, ta’lim, kommunal хizmat koʻrsatish, turizm sohalarida zamonaviy aхborot tizimlari, dasturiy mahsulotlar va ma’lumotlar bazalarini joriy etish, shuningdek «aqlli» va «хavfsiz» shaharlar va mintaqalar tashkil etish;
  • raqamli iqtisodiyot sohasida davlat-хususiy sheriklik asosida innovatsion loyihalarni amalga oshirish, shuningdek zamonaviy dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarilishini qoʻllab-quvvatlash;
  • «intellektual hukumat» tamoyillari asosida aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga elektron davlat хizmatlari koʻrsatish tizimini yanada kengaytirish.

 

Konsepsiya davlat organlari va boshqa tashkilotlarda aхborot teхnologiyalarini rivojlantirish holati, ularda mavjud aхborot tizimlari, ma’lumotlar bazalari va boshqa dasturiy mahsulotlar, shuningdek tarmoqlar va kadrlar salohiyatini zamonaviy talablarga muvofiqligi yuzasidan inventarlash natijalari boʻyicha ishlab chiqiladi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

                                                                                                                                                                                                                                           Oleg Gayevoy.


 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_