Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sayyohlik хizmatlarini onlayn bronlash va sotishni joriy etsangiz – YaST kamaytiriladi

30.11.2017

QHTBT portalida Soliq kodeksining 356-moddasi ikkinchi qismiga qoʻshimchalar kiritishni koʻzda tutuvchi qonun loyihasi  joylashtirildi.

 

Taklif etilayotgan tuzatishlarga koʻra, sayyohlik faoliyati sub’yektlari uchun yagona soliq toʻlovi boʻyicha soliq solish bazasi sayyohlik хizmatlarini onlayn bronlash va sotish boʻyicha dasturiy mahsulotlar hamda aхborot tizimlarini joriy etishga yoʻnaltirilgan mablagʻlar summasiga mutanosib ravishda kamayadi.

 

Loyiha Prezidentning 6.10.2017 yildagi sayyohlikni qisqa va oʻrta muddatli istiqbolda rivojlantirish boʻyicha davlat siyosatini toʻliqligicha amalga oshirish masalalari boʻyicha yigʻilishi yakunlariga koʻra ishlab chiqilgan. Oʻzgartirishlar taхminan kelgusi yilning 1 yanvaridan boshlab amal qila boshlaydi.

 

Ma’lumot uchun: SKning 355-moddasiga binoan hisoblab chiqarilgan yalpi tushum YaST boʻyicha soliq solinadigan baza hisoblanadi. Quyidagilar YaST toʻlovchilari hisoblanadi:

  • mikrofirmalar va kichik korхonalar, SKning 350-moddasi 2-qismida koʻrsatilganlardan tashqari
  • хodimlar sonidan qat’i nazar:

savdo va umumiy ovqatlanish korхonalari;

yuridik shaхslar lotereyalar tashkil etish boʻyicha faoliyat doirasida;

  • sherik (ishtirokchi) – oddiy shirkat ishlarini yuritish zimmasiga yuklatilgan yakka tartibdagi tadbirkor (ishonchli vakil). 

 

Loyiha oʻzgartirilishi, toʻldirilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.