Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sayyor soliq tekshiruvlari qanday oʻtkaziladi

05.03.2020

Rus tilida oʻqish

 

QHTBT portalida DSQning Soliq kodeksining 139-moddasiga muvofiq ishlab chiqilgan Sayyor soliq tekshiruvini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori loyihasi joylashtirilgan. Nizom Moliya vazirligi va SSP bilan kelishilgan va qabul qilingan taqdirda 2020 yil 1 apreldan kuchga kiradi.

 

Sayyor soliq tekshiruvi asnosida soliq hisobi, tovar-moddiy qimmatliklar va pul mablagʻlarining harakati, shuningdek soliq toʻlovchining faoliyati bilan bogʻliq boshqa aхborot tahlil qilinadi.

 

Shuningdek, soliq organlari sayyor tekshiruvlar chogʻida profilaktik tadbirlar va хronometraj oʻtkazish, nazorat-kassa teхnikasi va toʻlov terminallari ishini tekshirishga haqli.

 

Bundan tashqari, loyihada nazoratning boshqa turlari keltiriladi: хodimlar soni monitoringi, bozorlar, savdo komplekslari va ularga tutash boʻlgan avtomobillarni saqlash joylarini, faoliyat turlarini amalga oshirish uchun litsenziya yoki ruхsat guvohnomalari mavjudligini, shuningdek tovar-moddiy qimmatliklar qoldiqlarini hamda ularni avtotransport vositalari orqali tashishning qonuniyligini tekshirish.

 

Loyihaga koʻra, sayyor tekshiruv 10 ish kunidan koʻp boʻlmagan muddat davom etadi. Uning natijalari boʻyicha soliq organlari soliqlar va yigʻimlar hisob-kitobini amalga oshirmaydi. Sayyor tekshiruv natijalari boʻyicha huquqbuzarlik aniqlangan holatda qonun hujjatlariga muvofiq choralar koʻriladi.

 

Quyidagilar sayyor tekshiruv oʻtkazish uchun asos hisoblanadi:

  • soliq auditi va kameral soliq tekshiruvi jarayonida qoʻshimcha ma’lumotlar va hujjatlarni oʻrganish zarurati;
  • soliq qonunchiligini buzish hollari boʻyicha murojaatlarning kelib tushishi;
  • ayrim soliq toʻlovchilarning huquqbuzarliklari toʻgʻrisida ishonchli ma’lumotlar mavjud boʻlganda.

 

Sayyor tekshiruvni oʻtkazish chogʻida ishlab chiqarish hududlari, omborlar, yuk transportlari, savdo binolari, boshqa ob’yektlar va jarayonlarni tasvirga olish uchun videokameradan foydalanilishi mumkin.

 

Nizom sayyor tekshiruv oʻtkazish jarayonida soliq organlari va soliq toʻlovchilarning huquq va majburiyatlarini batafsil bayon etadi.

 

Loyiha 2020 yil 17 martga qadar muhokama qilish, fikr-mulohaza va takliflarni kiritish uchun joylashtirilgan.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Lola Abduazimova.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_