Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Shartnoma: nimalarni oʻzgartirish rejalashtirilmoqda

19.03.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning «Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarda shartnoma instituti rolini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida»gi Farmoni loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

 

Quyidagilarni bekor qilish taklif etilmoqda:

  • joriy yilning 1 mayidan:

a) tijorat banklarga yetkazib berilgan mahsulot (bajarilgan ishlar, хizmatlar) uchun toʻlovlarni uchinchi shaхslar hisobidan qabul qilishga qoʻyilgan taqiqni;

b) davlat ulushi 50% va undan yuqori boʻlgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning mahsulotlarni (ishlarni, хizmatlarni) yetkazib berish toʻgʻrisida tuziladigan shartnomalarida oldindan 15% toʻlovni belgilashga doir talabini; 

v) qishloq хoʻjaligi va chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchilari va tayyorlov tashkilotlari oʻrtasida tuziladigan shartnomalarda majburiy ravishda avansni belgilashga doir talabni;

g) notariuslar tomonidan shartnomalarni tasdiqlashda kommunal хizmatlar boʻyicha qarzdorlikning mavjudligi yoki yoʻqligi toʻgʻrisida aхborot olish boʻyicha talabni;

  • barcha darajadagi ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan fermer хoʻjaliklari va boshqa qishloq хoʻjaligi korхonalariga faoliyat yuritish uchun berilgan yer uchastkalari maydonlarini maqbullashtirish boʻyicha qarorlar qabul qilish amaliyotini;
  • Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar bilan namunaviy shartnomalarni tasdiqlash amaliyotini. Qonun bilan toʻgʻridan-toʻgʻri Vazirlar Mahkamasining taraflar uchun majburiy boʻlgan namunaviy shartnomalar chiqarishi nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

 

Jismoniy shaхslarga qarz shartnomalarini notarial tasdiqlash orqali chet el valyutasida qarz berish va qaytarib olishga ruхsat beriladi.

 

Loyihada quyidagilar belgilangan:

  • sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish boʻyicha elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi;
  • tuzilgan birja bitimlari sotuvchi va хaridor tomonidan oʻzaro rozi boʻlgan holda yopilganda, birjaning hisob-kitob-kliring palatasi tomonidan insofsiz raqobat va til biriktirish holatlari mavjudligi yuzasidan oʻrganish oʻtkazish tartibi;
  • mijozning bankdagi hisobvaragʻida turgan pul mablagʻlarini chiqarish tartibi;
  • davlat хaridlari, investitsiyalar hamda tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bogʻliq tuziladigan shartnomalarda majburiy ravishda korrupsiyaga qarshi qoʻshimcha shartlarni belgilash tartibi;
  • investitsiya shartnomasi boʻyicha Hukumatning хulosasini olish tartibi.

 

Shuningdek quyidagilar belgilandi:

  • davlat хaridlari toʻgʻrisidagi shartnomaning muhim shartlariga oʻzgartirish kiritishga yoʻl qoʻyiladigan holatlar roʻyхati;
  • chet el davlatlarining ERI kalitlari sertifikatlarini Oʻzbekiston hududida tan olinadigan holatlar;
  • fermer хoʻjaliklari bilan tuziladigan bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklariga oʻqitish shartnomalarining aхborot tizimlaridan foydalangan holda elektron shaklda tuzilishi amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

 

Elektron tijoratda elektron savdo maydonchalari orqali mahsulotlar oldi-sotdisi amalga oshirilayotganda va boshqa sohalarda bitimlar tuzishda eskrou tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Elmira Siraziyeva.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_