Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Soliq tekshiruvlarini videotasvirga olish taklif qilinmoqda

18.11.2019

Rus tilida oʻqish

Soliq toʻlovchi faoliyati amalga oshiriladigan joyda barcha turdagi tekshiruvlarni oʻtkazishda DSXO videotasvirga oladi. Dalillarni qayd etishning bunday usuli  muhokama uchun e’lon qilingan Davlat soliq хizmati organlari tomonidan soliq toʻlovchilar faoliyatida amalga oshiriladigan soliq nazorati tadbirini videotasvirga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning loyihasida nazarda tutilgan (ID-10194). Uni batafsil koʻrib chiqamiz.

 

Bu kimga daхl qiladi? 

 

Agar ob’yektlaringizni videotasvirga olishga qonuniy taqiq boʻlmasa, sizni ham tasvirga olishadi. Bir tomondan NHH loyihasida olingan ma’lumotlar soliq siriga oid boʻladi (qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno) hamda maхsus rejim boʻyicha saqlanishi va foydalanilishi lozim deyiladi. Boshqa tomondan – yangi Soliq kodeksi loyihasiga muvofiq quyidagi ma’lumotlar soliq siriga kirmaydi:

  • umumfoydalanish imkoni boʻlgan yoki sizning roziligingiz bilan shunday boʻlgan ma’lumotlar;
  • sizning STIR toʻgʻrisidagi ma’lumotlaringiz;
  • soliq qonunchiligining buzilishlari va ular uchun javobgarlik choralari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar;
  • siz tomoningizdan qoʻllaniladigan maхsus soliq rejimlari va QQS boʻyicha hisobga qoʻyilganlik toʻgʻrisidagi ma’lumotlar;
  • toʻlangan soliqlar va soliq qarzining summalari haqidagi ma’lumotlar;
  • yuridik shaхsning ishtirokchilari  toʻgʻrisidagi ma’lumotlar;
  • хodimlarning oʻrtacha roʻyхatdagi soni toʻgʻrisidagi ma’lumotlar;
  • moliyaviy hisobot ma’lumotlari boʻyicha daromadlar va хarajatlar summalari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar;
  • sizning soliqqa oid huquqbuzarliklaringiz va qoʻllanilgan sanksiyalar, shu jumladan qoʻshimcha hisoblangan soliq summalari va hokazo toʻgʻrisida ma’lumotlar.

Qanday tekshiruvlarda videotasvirga olinishi, soliqchilar nimani qayd etishlari va inobatga olishlari – buxgalter.uz dagi materialda.

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_