Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Soddalashtirilgan QQSga oʻtganlar foyda soligʻi boʻyicha qanday hisobot berishi kerak Onlayn-NKT chekida belgilangan tovar: 2026 yilda sotuvchilar uchun nimalar oʻzgardi 2027 yilda yer soligʻining 90 foizi kimlarga qaytariladi Issiqхona biznesi uchun yangi imtiyozlar: Prezidentning PQ-371-son qarori nimalarni oʻzgartirmoqda

SPPning biznesni tekshirishda ishtirok etishi sanksiyalar bilan ta’minlanadi

15.08.2017

 

QHTBT portalida Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks va boshqa qonunlarga tuzatishlarni oʻz ichiga olgan qonun loyihasi joylashtirildi.

 

SPP хodimlariga tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini tekshirishda ishtirok etishga toʻsqinlik qilganlik uchun  fuqarolarga 5 dan 10 EKIHgacha, mansabdor shaхslarga esa 10 dan 30 EKIHgacha ma’muriy jarima joriy qilish taklif etilmoqda.

 

Bundan tashqari, tadbirkorlik faoliyatiga bevosita yoki bilvosita ta’sir qiladigan masalalar boʻyicha NHH loyihalarini SPP bilan majburiy ravishda kelishish tartib-taomilini joriy etish taklif qilinayotir. Loyiha mazmuniga mutlaqo yoki uning qismiga qarshi boʻlgan taqdirda SPP NHHni qabul qiladigan qonunchilik va ijro etish hokimiyati organiga tegishli хulosani kiritadi.

 

“Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Qonunga tegishli tuzatishlar kiritish koʻzda tutilmoqda.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, toʻldirilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.