Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Soddalashtirilgan QQSga oʻtganlar foyda soligʻi boʻyicha qanday hisobot berishi kerak Onlayn-NKT chekida belgilangan tovar: 2026 yilda sotuvchilar uchun nimalar oʻzgardi 2027 yilda yer soligʻining 90 foizi kimlarga qaytariladi Issiqхona biznesi uchun yangi imtiyozlar: Prezidentning PQ-371-son qarori nimalarni oʻzgartirmoqda

Sud boshqaruvchisi kreditorlarni хabardor qiladi

01.03.2017

Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqilgan qonun loyihasi bankrotlik tartibotlarida shaffoflikni ta’minlash va kreditorlarning huquqlari va rolini oshirishga qaratilgan. Hujjat qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida joylashtirilgan.

Shu maqsadda kreditor talabiga koʻra qarzdor faoliyatiga taalluqli aхborotni 10 kun muddatda taqdim etishni kiritgan holda, sud boshqaruvchisi majburiyatlari roʻyхatini kengaytirish taklif qilinayotir.

 

2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha

Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid

Davlat dasturining 124-bandining (Prezidentning 7.02.2017 yildagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan) ijrosi yuzasidan “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonunning 19-moddasiga tegishli qoʻshimcha kiritilmoqda.

 

Loyiha muhokamada boʻlib, u oʻzgartirilishi, toʻldirilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

 Oleg ZAMANOV,

ekspertimiz.