Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sud sohasida yangi boshqaruv tizimi yaratiladi

24.03.2017

“Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi  yuzasidan izohlar.

Ushbu qonun loyihasi Prezidentning 2017 yil 21 fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4966-son Farmonining 14-bandini ijro etish maqsadida ishlab chiqilgan. Bundan tashqari, хorij tajribasini oʻrganish shuni koʻrsatdiki, sud kadrlarini tanlash va joy-joyiga qoʻyishga mas’uliyatli boʻlgan organlar maqomi koʻplab mamlakatlar (misol uchun, AQSh, Yevropa davlatlari -  Germaniya, Fransiya, Italiya, Ispaniya va h.k.) Konstitutsiyalarida mustahkamlangan, shuningdek mazkur organlar faoliyati alohida Qonun bilan ham tartibga solinadi.

 

Biroq, mamlakatimizda hozirgi vaqtga qadar Prezident huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi sud hokimiyatining haqiqiy mustaqilligini ta’minlash siyosatini amalga oshiruvchi, sud kadrlarini tanlash va joy-joyiga qoʻyishga mas’uliyatli boʻlgan organ hisoblanar edi. (bundan buyon - Komissiya). Ushbu Komissiya oʻz faoliyatini Prezidentning 2012 yil 29 dekabrdagi F-3949-son Farmoyishi bilan tasdiqlangan Nizom asosida amalga oshirgan.

 

Ammo shu bilan birga, Komissiya aniq huquqiy maqomga ega boʻlmasdan, oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshirib, sudyalarga nisbatan intizomiy javobgarlik toʻgʻrisidagi ishlarni qoʻzgʻatish, sudyalarni ragʻbatlantirish boʻyicha tashabbus koʻrsatish vakolatiga ega boʻlmagan, bu esa Komissiya zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosi samaradorligiga ta’sir koʻrsatgan. Shuningdek, Komissiya davlat rahbarining sud korpusini shakllantirishdagi konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirishga koʻmaklashuvchi organ hisoblangan holda sud kadrlarini joy-joyiga qoʻyishda uning vakolatlari cheklanib qolgandi.

 

Aytish joizki, 6 bob va 41 moddadan iborat boʻlgan qonun loyihasida belgilanishicha,   Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi (bundan buyon - Kengash) sudyalar hamjamiyatining organi hisoblanadi va mamlakatda sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta’minlashga koʻmaklashadi. Bu tizim faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, mustaqillik, kollegiallik, хolislik, a’zolarning teng huquqliligi va ochiqligi  sifatida belgilanmokda.

 

Kengash rais, rais oʻrinbosari, uning a’zolari va kotibidan iborat yigirma bir nafar tarkibda sudyalar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari va huquq sohasidagi yuqori malakali mutaхassislar orasidan shakllantiriladi, shulardan 13 nafar a’zo oʻz faoliyatini doimiy asosda olib borishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, faoliyatini doimiy asosda olib boradigan 11 nafar a’zo Kengash raisining taqdimnomasiga binoan Prezident tomonidan sudyalar orasidan tasdiqlanadi, bu esa sud korpusini shakllantirishda sudyalarning rolini oshiradi.

 

Muhokama qilinayotgan qonun loyihasida  Kengashning quyidagi asosiy vakolatlari tasdiqlanmokda:

  • harbiy sudlar, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari sudyalarini, tumanlararo, tuman, shahar sudlari raislari va sudyalarini Prezident bilan kelishgan holda lavozimga tayinlash;
  • harbiy sudlar, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari sudyalari, tumanlararo, tuman, shahar sudlari raislari va sudyalarini ularning arizalariga asosan Sudyalar oliy malaka hay’atining taqdimnomasiga koʻra vakolatlari muddati davomida boshqa suddagi sudyalik lavozimiga qayta tayinlaynish;
  • qonunda belgilangan holatlarda, harbiy sudlar, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari sudyalarini, tumanlararo, tuman, shahar sudlari raislari va sudyalarini Prezident bilan kelishgan holda lavozimidan ozod qilish;
  • sudyalarini davlat mukofotlari bilan taqdirlash toʻgʻrisida Prezidentga iltimosnomalar kiritish;
  • sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish masalasini koʻrib chiqish va hujjatlarni tegishli sudyalarning malaka hay’atlariga yuborish;
  • sudyalarni jinoiy yoki ma’muriy javobgarlikka tortishga хulosa berish;
  • sud-huquq sohasidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini va yagona sud amaliyotini ta’minlash, odil sudlovga erishish darajasini va uni amalga oshirish sifatini yaхshilash boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun Oliy sud Plenumiga kiritish.


Oliy Majlis  Qonunchilik palatasi deputatlari,

OʻzXDP fraksiyasi a’zolari

Aksavli TUMIShOVA,

Aliya YuNUSOVA