Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sudyalik lavozimida boʻlish muddatining ketma-ketligiga rioya etish majburiy boʻlmaydi

12.01.2018


Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va teхnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasida sudyalar maqomining huquqiy asoslarini takomillashtirish koʻzda tutilgan.

 

Eslatib oʻtamiz, Prezident Sh.Mirziyoyev oʻzining 2017 yil 22 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida “sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash uchun, birinchi navbatda, sudyalarni odil sudlovga ta’sir oʻtkazadigan omillardan himoya qilish kerak. Tergov va sud ishiga aralashish holatlarini aniqlash, buning uchun javobgarlikni kuchaytirish va jazo muqarrarligini ta’minlash gʻoyat muhimdir”, deb ta’kidladi.

 

Loyihaga koʻra, 2018 yil 1 aprelgacha Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud, Oʻzbekiston sudyalar assotsiatsiyasi va Adliya vazirligi tegishli qonun loyihasini ishlab chiqadi. Unda sudyalik lavozimiga ilk bor tayinlanayotgan nomzod boʻyicha tuman va shahar jamoatchiligi fikrini oʻrganish tartibi oʻrnatiladi. Shuningdek, qonun loyihasida Prezident tomonidan sudyalik lavozimlariga tayinlash (taqdimnoma kiritish) tartibini takomillashtirish rejalashtirilmoqda. Sudyalik lavozimida boʻlish muddatining ketma-ketligiga rioya etish majburiy boʻlmaydi.

 

Eslatib oʻtamiz,  hozirgi vaqtda sudyalar lavozimiga birinchi marotaba besh yil muddatga va keyin oʻn yil muddatga, shundan soʻng muddatsiz davrga tayinlanadi (saylanadi).

 

Loyiha 15.01.2018 yilgacha muhokama uchun ochiq. 

 

Anvar Irkaхoʻjayev.