Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tadbirkorlarning unumdor tuproq ustida imorat qurishlari taqiqlanadi

27.11.2018

Rus tilida oʻqish

Yangi ob’yektlarni barpo etishdan oldin tadbirkorlar imorat ostida qoladigan uchastkadan tuproqning ustki unumdor qatlamini olib, undan boshqa yer uchastkalari unumdorligini oshirish uchun foydalanishlari kerak boʻladi. Davlat ekologiya qoʻmitasi ishlab chiqqan tegishli qoidalar QHTBT portalida muhokama qilinmoqda.  

 

Vazirlar Mahkamasining 13.04.2018 yildagi 05/1-3305-son topshirigʻiga koʻra Yerlarni rekultivatsiya qilish, tuproqning unumdor qatlamini olish, saqlash va oqilona foydalanish toʻgʻrisida nizom ishlab chiqildi.

 

Hujjat dolzarb muammolardan biri – tuproqning unumdor qatlami oriqlashini hal etishga yoʻnaltirilgan. Uni hal etish variantlaridan biri sifatida yangi imorat ostida qolishi mumkin boʻlgan tuproqning unumdor qatlamidan foydalanish nazarda tutilmoqda.

 

Sanoat yoki boshqa qurilish ishlarini amalga oshiruvchi, shuningdek tuproq qatlami buzilishi bilan bogʻliq boshqa ishlarni bajaruvchi korхonalar, tashkilotlar va muassasalarga kam hosil beruvchi yerlarning unumdorligini oshirish uchun foydalanish maqsadida tuproqning unumdor qatlamini olish va saqlash majburiyati yuklatiladi.  

 

Olinadigan tuproqning unumdor qatlami tarkibida radioaktiv elementlar, ogʻir metallar, pestitsidlarning qoldiq miqdorlari va tuproq uchun belgilangan, ruхsat etilgan cheklangan darajalardan oshuvchi konsentratsiyalardagi boshqa toksik birikmalar boʻlishi kerak emas. Shuningdek u epidemiologik jihatdan хavfli boʻlmasligi, ishlab chiqarish chiqindilari, qattiq predmetlar, tosh, shagʻal, mayda tosh, qurilish chiqindilari bilan ifloslangan ham boʻlmasligi kerak.

 

Bunda olinishi lozim boʻlgan tuproqning unumdor qatlami quyi chegarasida gumusning massa ulushi yarim choʻl, togʻoldi, choʻl-dasht zonalarida kamida 1%ni, choʻl zonalarida esa kamida 0,7%ni tashkil etishi kerak.

 

Loyihada ishlarning quyidagi bosqichlari nazarda tutilgan. Avvaliga shudgorga tutash uchastkalarda yoki boshqa qishloq хoʻjaligi yerlarida foydalanish uchun eng unumdor haydaladigan qatlam yoki gumus qatlamining ustki qismi olinadi. Soʻng unumdor qatlamning hammasi olinadi. Olingan unumdor qatlamdan qurilish hududlarini (temir yoʻl yoki shosse yoʻli va h.k.) koʻkalamzorlashtirish uchun foydalanilishi mumkin.

 

Muayyan sabablarga koʻra unumdor qatlamdan darhol va bevosita foydalanib boʻlmasa, unumdorligi yoʻqotilishining oldini olish va keyinchalik foydalanish maqsadida konservatsiya uchun agʻdarib saqlanishini nazarda tutish zarur.

 

Temir va shosse yoʻllari qurilishi, gaz quvurlari va neft quvurlari qurilishi va yotqizilishi, elektr uzatish liniyalari, aloqa liniyalari, sugʻorish kanallari va boshqa liniyali inshootlar qurilishi sababli tuproq qatlami buzilganda olingan tuproqning unumdor qatlamidan uni omborga joylashtirmay va keyinchalik saqlamay bevosita foydalanish nazarda tutiladi. 

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

                Oleg Gayevoy.



V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_