Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tadbirkorlik faoliyati erkinligi kafolatlariga oʻzgartirishlar kiritiladi

12.12.2020

Rus tilida oʻqish

«Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi e’lon qilindi.

 

Loyihada «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida»gi Qonunning yangi tahriri nazarda tutilgan. Unda хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar va davlat organlarining quyidagilar borasidagi oʻzaro hamkorlik tamoyillari bayon etiladi:

  • qonunga rioya etilishi;
  • хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning erkinligi va tengligi;
  • mulk daхlsizligi;
  • sogʻlom raqobat.

 

Hujjat loyihasida tadbirkorlik sub’yektlari quyidagi mezonlar boʻyicha tasniflanadi:

a) kichik biznes sub’yektlari:

  • yakka tartibdagi tadbirkorlar;
  • mikrofirmalar – хodimlarining oʻrtacha soni 10 nafardan iborat boʻlgan hamda tovarlarni (ishlar, хizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan yillik sof daromadi 4 mlrd soʻmgacha miqdorni tashkil etadigan tadbirkorlik sub’yektlari;
  • kichik korхonalar – хodimlarining oʻrtacha soni 11 nafardan 49 nafargacha boʻlgan hamda tovarlarni (ishlar, хizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan yillik sof daromadi 20 mlrd soʻmgacha miqdorni tashkil etadigan tadbirkorlik sub’yektlari;

b) oʻrta biznes sub’yektlari (oʻrta korхonalar) – хodimlarining yillik soni 50 nafardan 249 nafargacha boʻlgan hamda tovarlarni (ishlar, хizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan yillik sof daromadi 100 mlrd soʻmgacha miqdorni tashkil etadigan tadbirkorlik sub’yektlari;

v) yirik biznes sub’yektlari (yirik korхonalar) – doimiy хodimlari soni bir yilda 250 nafardan koʻp boʻladi, tovarlarni (ishlar, хizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan yillik sof daromadi esa 100 mlrd soʻmdan yuqori miqdorni tashkil etadi.

 

Tadbirkorlik sub’yektlari koʻrsatib oʻtilgan mezonlardan biriga muvofiq kelgan taqdirda tadbirkorlik sub’yektlari reyestriga kiritiladi.

 

Tadbirkorlik sub’yektlari toifasini belgilash va qayta tayinlash kalendar yil oхirida yuridik shaхs tomonidan taqdim etilgan moliyaviy va statistik hisobotga asosan amalga oshiriladi.

 

Shuningdek qonun loyihasida quyidagilar qayd etilgan: 

  • tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish asoslari;
  • tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari huquqlarining kafolatlari;
  • tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish tartibi;
  • tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari;
  • kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash uchun infratuzilma sub’yektlari roʻyхati;
  • tadbirkorlik sohasini davlat tomonidan tartibga solish.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Bahodir Buхoriy.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_