Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash uchun hududlarda komissiyalar tashkil etiladi

26.09.2022

Rus tilida oʻqish

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan Prezidentning “Tadbirkorlik faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

 

Hududlarda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Tadbirkorlar kengashi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasi, Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimliklari huzurida Tadbirkorlar kengashini  tashkil etish rejalashtirilmoqda.

 

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlanadi:

  • Tadbirkorlar kengashi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasi tarkibi;
  • Kengashning asosiy vazifalari, huquqlari va javobgarligi, Kengash tarkibini shakllantirish, faoliyatini tashkil etish va uning majlisini oʻtkazish tartibini nazarda tutuvchi Tadbirkorlar kengashi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom.

 

Quyidagilar Respublika komissiyasining asosiy vazifalari boʻladi:

  • tadbirkorlikni rivojlantirish sohasidagi qonunchilik hujjatlari ijrosi ta’minlanishini nazorat qilish;
  • tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishi holatini va uning davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi tizimini tahlil qilish;
  • tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha NHHlar loyihalarini ishlab chiqish zaruriyatini koʻrib chiqish;
  • tadbirkorlik sub’yektlarining infratuzilmasini rivojlantirishga koʻmaklashish;
  • mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash va eksportni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Lola Abduazimova.