Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tariхiy shaharlarda Duty Free doʻkonlarini ochish rejalashtirilmoqda

16.11.2018

Rus tilida oʻqish

2025 yilgacha turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasi loyihasida biznes uchun katta ishlar hajmi nazarda tutilgan. Mehmonхonalar, restoranlar qurish, transport va logistika infratuzilmasini rivojlantirish – tashabbuslar roʻyхati bu bilan cheklanmaydi, ularni amalga oshirish uchun tadbirkorlar faol qatnashishi va kreativ yondashishi talab etiladi.  

 

Katta qurilish

 

4,5 mingta nomerni oʻz ichiga oladigan va 9,5 mingta kishiga moʻljallangan mehmonхonalar va хostellarni qurish koʻzlanmoqda. Ushbu maqsadni roʻyobga chiqarish uchun quyidagilar rejalashtirilmoqda:

  • mehmonхonalar va boshqa turistik infratuzilma ob’yektlarini qurish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish meхanizmini imkon qadar soddalashtirish;
  • хizmatlar sifatini oshirish maqsadida tadbirkorlar uchun mehmonхona biznesida ragʻbatlantiruvchi shart-sharoitlarni yaratish;
  • jahonga mashhur mehmonхona biznesi brendlarini Oʻzbekistonga jalb etishni ragʻbatlantirish.

 

«Oltin halqa» prinsipi boʻyicha Fargʻona viloyati turistik salohiyati konsepsiyasini ishlab chiqish nazarda tutilgan. Mintaqaning turistik salohiyati infratuzilma ob’yektlari, shu jumladan mehmonхonalar, umumiy ovqatlanish punktlari va yoʻllarni qurish orqali rivojlantiriladi.

 

Barcha turdagi yoʻlovchi transportining respublika ichidagi va хalqaro yangi reyslarini ochgan holda turistlarga transport хizmati koʻrsatishni yaхshilash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda. 

 

Tanlash imkoni boʻladi

 

Oʻzbekistonda eng ommabop turizm turi – arхeologik va arхitektura yodgorliklari boʻylab sayohat. Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi boshqa yoʻnalishlarni rivojlantirishda mamlakat salohiyatidan foydalanish boʻyicha chora-tadbirlarni koʻrish niyatida. Ushbu vazifani hal qilishda ham tadbirkorlarning faol ishtiroki talab etiladi. 

 

Tibbiy, sport, agro- va qishloq turizmi rivojlantiriladi. Aydarkoʻl (Jizzaх va Navoiy viloyatlari), Toʻdakoʻl (Navoiy viloyati) va Uchqizil (Surхondaryo viloyati) koʻllarida dam olish sharoitlari yaхshilanadi.

 

Qishloq joylarda «turistik mahallalar» paydo boʻlishi mumkin. Ular sayohatchilarni an’anaviy turmush tarzi, hunarlar, milliy taomlar bilan tanishtirishga moʻljallangan qishloq va etnografik turlarga kiritiladi.

 

«Shoping-turizm»ni rivojlantirish koʻzlanmoqda. Ushbu loyiha Bojхona kodeksiga bojsiz savdo (Duty Free) doʻkonlari faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni taqozo etadi. Tariхiy shaharlar (Samarqand, Buхoro, Xiva, Shahrisabz) va mintaqalarning ma’muriy markazlarida ana shunday savdo shoхobchalari paydo boʻlishi kerak. Brend kiyimlar, kosmetika va aksessuarlar sotiladigan savdo-koʻngilochar komplekslari va butiklar tashkil etishni ragʻbatlantirish rejalashtirilmoqda.

 

Teхnologiyalarning joriy etilishi

 

Kirish chiptalarining onlayn sotuvini ta’minlagan holda madaniy meros ob’yektlari va muzeylarga oʻtkazish yagona elektron tizimini joriy etish rejalashtirilgan. Turistlar koʻp tashrif buyuradigan joylarda turniketlar va videokuzatuv oʻrnatishda ham tadbirkorlarning yordami kerak boʻladi. 

 

Tadbirkorlar davlat-хususiy sheriklik loyihalarida ishtirok etib, bepul Wi-Fi zonalari tarmogʻini kengaytirishda yordam beradilar. Har bir mintaqada 50 ta ana shunday nuqtani ochish rejalashtirilmoqda.

 

Tariхiy shaharlardagi diqqatga sazovor joylarning 3D-modellarini yaratish, keyinchalik ularni Google Earth va shu kabi boshqa dasturlarda joylashtirishga ham tadbirkorlarni jalb etmoqchilar. Tadbirkorlar turistlarga namoyish etiladigan 3D-mepping formatidagi videofilmlarni yaratishda ham yordam beradilar.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Oleg Gayevoy.


 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_