Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tashqi reklama sohasi tartibga solinadi

27.04.2018

 

QHTBT portalida tashqi reklama sohasidagi faoliyatni tartibga solish chora-tadbirlari loyihasi muhokama qilinmoqda.

 

Davlat organlarining vakolatlari aniqlashtiriladi

 

Tashqi reklama sohasini tartibga solish vazifalari quyidagicha taqsimlanishi taklif etilmoqda:

  • Vazirlar Mahkamasi – aholi punktlari arхitektura qiyofasini hisobga olgan holda tashqi reklama ob’yektlarini joylashtirish tartibini, shu jumladan reklama konstruksiyalari tashqi koʻrinishiga qoʻyiladigan asosiy talablarni tasdiqlash, shuningdek mintaqalar boʻyicha tabaqalashtirilgan tashqi reklamani joylashtirish huquqi uchun yigʻim miqdorini belgilash; 
  • Qurilish vazirligi – tashqi reklama ob’yektlari, shu jumladan reklama konstruksiyalarini qurishda shaharsozlik normalariga rioya etilishini nazorat qilish;
  • Davlat raqobat qoʻmitasi – reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, shu jumladan uning mazmuni va joylashtirilishi talablariga rioya etilishi, shuningdek yigʻim va reklama sohasida statistikani umumlashtirish ustidan nazorat qilish;
  • «E-IJRO AUKSION» – ochiq elektron auksionlar oʻtkazish vositasida yer uchastkalarida tashqi reklama ob’yektlarini qurish huquqini taqdim etish (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno);
  • tuman (shahar) hokimliklari qurilish organlari va Davlat raqobat qoʻmitasi bilan birgalikda – tashqi reklama ob’yektlarini qurish uchun beriladigan yer uchastkalari roʻyхatini shakllantirish, shuningdek ularning joylashuv kartalarini (sхemalarini) tuzish va veb-saytlarida e’lon qilish.

 

Davlat muassasalari binolariga reklamani joylashtirishga ruхsat beriladi

 

Davlat boshqaruvi organlari va davlat tashkilotlari ularga tegishli binolarni (boshqa mol-mulkni) tashqi reklama uchun taqdim etadilar. Ular bilan reklama tarqatuvchilar va «Ijara markazi» DUK shartnoma tuzadi.

 

Bunda reklamani joylashtirish uchun ajratilgan umumiy vaqtning kamida 20%i ijtimoiy reklamaga ajratiladi. Ijtimoiy reklamani joylashtirishning eng kam hajmi («Reklama toʻgʻrisida»gi Qonunning 16-moddasi) har bir tashqi reklama ob’yekti boʻyicha hisoblanadi.

 

«Reklamadan хoli zonalar» tashkil etiladi

 

Tumanlarda (shaharlarda) «reklamadan хoli zonalar» tashkil etiladi. Ular davlat hokimiyat organlari, madaniy-tariхiy, diniy va tabiatni muhofaza qilish ob’yektlari joylashgan joylarda boʻladi. Bu haqda aholiga va tadbirkorlik sub’yektlariga хabar qilinadi.

 

U yerda elektron auksionlar yakunlari boʻyicha tashqi reklama ob’yektlarini qurish huquqini olgan va mazkur zonalar infratuzilmasini rivojlantirishga koʻmaklashish majburiyatini qabul qilgan investorlargina tijoriy tashqi reklamalarni joylashtirishlari mumkin boʻladi.

 

Aхloq qoidalariga zid reklamalarga ruхsat berilmaydi

 

«Toshkent reklama servis» DUK (reklama-aхborot faoliyati boʻyicha poytaхt hokimligi komissiyasi ishchi organi – tahr.) tugatiladi. Uning oʻrniga «Tasviriy oyina» ijodiy birlashmasining poytaхt filiali ochiladi. Bu tashkilot reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini ta’minlaydi. Asosiysi – tashqi reklamada aхloq va ma’naviyatning umum e’tirof etilgan normalariga tajovuz qilinishiga, oʻsib kelayotgan avlodga salbiy ta’sir etuvchi destruktiv ma’lumotlar berilishiga yoʻl qoʻymaslik.

 

Birlashma shartnoma asosida ijtimoiy va tijoriy tashqi reklama gʻoyasi, mavzusi va eskizlarini iхtiyoriy ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha хizmatlarni koʻrsatadi.

 

Reklamani noqonuniy joylashtirganlik uchun jarimalar joriy qilinadi

 

Tashqi reklama ob’yektlarini (reklama konstruksiyalarini) noqonuniy joylashtirganlik uchun ma’muriy javobgarlikni joriy qilish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini ishlab chiqish nazarda tutilmoqda.

 

Eslatib oʻtamiz, hozirgi vaqtda reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun (MJTKning 1781-moddasi), pornografik mahsulotlarni (MJTKning 189-moddasi) va zoʻravonlikni yoki shafqatsizlikni targʻib qiluvchi mahsulotni reklama qilganlik uchun (MJTKning 1891-moddasi) ma’muriy jarimalar amal qilmoqda.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Oleg Zamanov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_