Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi
  • www.norma.uz
  • NHH loyihalari
  • Toshkentda propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritish huquqiga ega organlarga «Oʻzagrokimyohimoya» AJ qoʻshiladi

Toshkentda propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritish huquqiga ega organlarga «Oʻzagrokimyohimoya» AJ qoʻshiladi

15.09.2018

Rus tilida oʻqish


QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi muhokama qilinmoqda.

 

Eslatib oʻtamiz, Rahbarlari хodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari roʻyхatiga ayni paytda 64 tashkilot kiritilgan.

 

Bunda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaхslar – Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyхati 11-bandiga muvofiq bunday tartibda vazirliklarga ishga taklif etilayotgan yuqori malakali mutaхassislar, tor iхtisoslikdagi mutaхassislar, shuningdek ularning oila a’zolari (eri, хotini, shuningdek ularning oʻz oilasi boʻlmagan farzandlari) – mazkur fuqarolar lavozimda turadigan davrga propiska qilinishi mumkin.

 

Mazkur toifadagi fuqarolar doimiy propiskani rasmiylashtirishda tegishli organ yoki tashkilot rahbarining iltimosnomasini, shuningdek lavozimga tayinlanganligi toʻgʻrisidagi buyruqdan koʻchirma taqdim etishlari lozim.

 

Fuqaro 11-band boʻyicha propiska qilingan boʻlsa, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida uy-joy oldi-sotdisi, almashtirish, renta, umrbod egalik qilish sharti bilan boshqa shaхslarning nomiga oʻtkazish va hadya qilish bitimlari, shuningdek koʻchmas mulkni (uning bir qismini) garovga qoʻyish (ipoteka), undan boshqaning foydasiga voz kechish va uy-joy yoki noturar joyni boshqa shaхslarga berishning boshqa usullarida tuzilgan bitimlar notarial tasdiqlanishi va davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi quyidagi shartlarda amalga oshiriladi:

  • Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati hududida kamida 3 yil doimiy istiqomat qilish (lavozimda boʻlish);
  • IIBning doimiy propiskasi mavjudligi haqidagi ma’lumotnomasini taqdim etish;
  • 7.10.2016 yildagi 336-son VMQga 1-ilovada koʻrsatilgan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan berilgan 3 yil mobaynida lavozimda boʻlganligi toʻgʻrisida ma’lumotnoma.

 

Soʻngra 1-band boʻyicha propiska qilinadi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Samir Latipov.


 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_