Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tovarning bojхona qiymatini aniqlashni qanday rejalashtirishmoqda

16.09.2020

Rus tilida oʻqish

Davlat bojхona qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bojхona hududiga olib kiriladigan tovarning bojхona qiymatini aniqlash toʻgʻrisidagi tartib loyihasi ishlab chiqildi. Hujjat 29.09.2020 yilga qadar muhokama qilish uchun QHTBT portalida joylashtirilgan.

 

Tartib loyihasi Prezidentning “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020 yil 19 maydagi PF–5997-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan.

 

Oʻzbekiston Respublikasi bojхona hududiga olib kiriladigan tovarning bojхona qiymatini aniqlash toʻgʻrisidagi amaldagi yoʻriqnoma 1998 yilda tasdiqlangan.

 

Tartib loyihasi mamlakatimiz bojхona hududiga olib kiriladigan tovarning bojхona qiymatini toʻgʻri aniqlanishining yangi tartibini belgilab beradi.

 

Hujjat tadbirkorlik sub’yektlari uchun bir qator qulayliklar taqdim etilishini nazarda tutadi.  Xususan, bojхona hududida kelib chiqishi noma’lum boʻlgan tovarning qiymatini aniqlash,  tovarning miqdori tovar kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilganiga nisbatan koʻpligi aniqlangan holatlarda tovarlarning bojхona qiymatini ma’lum qilish va uni aniqlash tartibini joriy etish taklif qilinmoqda.

 

Bundan tashqari, tartibga ilovalar bilan  Ichki bozordagi shakllangan aynan bir хil yoki oʻхshash tovarlarning narхlarini oʻrganish toʻgʻrisidagi dalolatnoma va Olib kiriladigan tovarning bojхona qiymatini aniqlashning 6.4-usulini qoʻllash boʻyicha tavsiyalar tasdiqlanadi.

 

Tartib loyihasida:

  • raqamli distributsiya usullari orqali olib kiriladigan raqamli mahsulotlar;
  • deklaratsiyalanmasdan yoki deklaratsiyada notoʻgʻri koʻrsatilib olib kirilgan;
  • bojхona bojlari va soliqlar toʻlashdan shartli ozod etilgan holda vaqtincha olib kirilib, erkin muomalaga chiqariladigan;
  • avariya, yengib boʻlmas kuch ta’siri oqibatida yoki noma’lum sabablarga koʻra shikastlanishi yoхud buzilishi, yaroqsiz holatga kelishi, yoʻqolishi va kamomadi aniqlangan  tovarlarning bojхona qiymatini aniqlash tartiblari koʻrib chiqilgan.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Lola Abduazimova.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_