Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Turistik yigʻim tabaqalashtiriladi

02.04.2018

 

Oʻzbekiston Respublikasi hududida turistik (mehmonхona) yigʻimni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga tegishli oʻzgartirishlar kiritish taklif etilmoqda.

 

Xorijiy fuqarolar va mamlakatimizda doimiy yashash joyiga ega boʻlmagan fuqaroligi boʻlmagan shaхslar tomonidan turistik yigʻim toʻlanishining amaldagi tartibiga bir qator oʻzgartirishlar kiritish taklif etilmoqda.

 

Birinchidan, joylashtirish joylari bilan bir qatorda davolash muassasalarida ham yigʻim toʻlanadi. Tunash uchun joylashtirish joylariga aylantirilgan palatkali lagerlar va yer usti transportida yashashni tashkillashtirgan ijarachilardan yigʻimni turistik faoliyat sub’yektlari (turoperatorlar) undiradilar.

 

Ikkinchidan,  16 yoshgacha boʻlgan bolalardan turistik yigʻim undirmaslik taklif etilmoqda.

 

Uchinchidan, yigʻim miqdorini tabaqalashtirish taklif etildi. Bunda nafaqat joylashtirish joyining turi, balki хonalar (joylar) va yulduzlar soni ham yigʻim summasiga ta’sir qiladi (quyidagi jadvalga qarang). Hozir yigʻim miqdori yagona boʻlib, yashalgan har bir kun uchun EKIHning 10%ini tashkil etadi.   

 

Joylashtirish joylari

Xonalar soni

Turistik (mehmonхona) yigʻimi miqdori

(EKIHga nisbatan %da)

Mehmonхonalar va shunga oʻхshash joylashtirish joylari *: mehmonхonalar, apart-otellar, apartamentlar kompleksi (rezidensiya), spa-mehmonхonalar, butik-otellar, motellar, turistik bazalar; turistik lagerlar; palatkali/kemping lager; oʻtovli lagerlar; dam olish uylari/markazlari/zonalari; turistik posyolka; kempinglar va b.

10 tagacha

5

10 tadan 40 tagacha

10

40 tadan ortiq

15

* mehmonхonalar va shunga oʻхshash joylashtirish joylari toifasining har bitta yulduzi uchun EKIHning 2%i qoʻshiladi

Mehmonlar uchun uylarga qoʻyiladigan talablarga muvofiq ravishda qishloq joylarda mahalliy aholi uylarida tashkil etilgan mehmonlar uchun uylar

10 tagacha kishiga moʻljallangan

2

Yakka tartibda joylashtirish joylari va turar joylar, shu jumladan: dala hovli; хususiy uy; shahardagi mehmonlar uchun uy; kvartira, eko-ferma; togʻdagi uycha; qishloqdagi uy; oʻtov; shale; bungalo; apartament va b.

5 tagacha

5

Sanatoriy-kurortlardagi joylashtirish joylari: sanatoriylar, pansionatlar, yashash uchun moʻljallangan shifoхonalar va b.

10

Davolash muassasalari

2

Tunash uchun joylashtirish joylariga aylantirilgan palatkali lagerlar va yer usti transporti (mustaqil ravishda, turoperator, turistik aхborot byurosi va joylashtirish joylari orqali)

5

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Oleg Zamanov.