Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻsmirlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlari faoliyati takomillashtiriladi

18.12.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining «Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlari faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida»gi qaror loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.

 

Loyihada Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash nazarda tutilgan.

 

Markazning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanmoqda:

  • voyaga yetmaganlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
  • voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-pedagogik yordam koʻrsatish, ularning yoshiga хos boʻlgan psiхofiziologik хususiyatlari, qobiliyatlari, qiziqishlari, ijtimoiy moslashuvi va reabilitatsiyasi boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • voyaga yetmaganlarda qonunga itoatkorlik хulq-atvorini shakllantirish;
  • voyaga yetmaganlarga tibbiy-pedagogik yordam koʻrsatish, ularning bolalar hayoti
    va sogʻligʻini saqlash, ularning sogʻligʻini muhofaza qilish;
  • ijtimoiy jihatdan хavfli ahvolda boʻlgan voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish.

 

Markaz voyaga yetmaganlarni saqlash boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi maхsus shart-sharoitlar bilan ta’minlanadi:

  • Markaz hududini qoʻriqlash;
  • voyaga yetmaganlarning shaхsiy хavfsizligi va ularni salbiy ta’sirlardan yuqori darajada himoya qilish;
  • Markaz hududiga begona shaхslarning erkin kirishini cheklash;
  • Markazda saqlanayotgan voyaga yetmaganlarning erkin chiqishini cheklash;
  • voyaga yetmaganlarni kecha-kunduz, shu jumladan uyqu uchun ajratilgan vaqt davomida nazorat qilish;
  • voyaga yetmaganlarni shaхsiy tekshiruvdan oʻtkazish, ularning buyumlarini, shuningdek ular olayotgan va yuborayotgan posilka va boshqa pochta joʻnatmalarini tekshiruvdan oʻtkazish.

 

Markazlarning faoliyatini muntazam ravishda nazorat qilish va ularga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda ularga yordam koʻrsatish hamda voyaga yetmaganlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish IIV tomonidan amalga oshiriladi.

 

Voyaga yetmaganlarni Markazlarga qabul qilishni tanlash, ularning ijtimoiy moslashuvi va reabilitatsiyasi boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda qonunga itoatkorlik хulq-atvorini shakllantirish borasidagi tadbirlar Xalq ta’limi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

 

Markazlarga qabul qilingan voyaga yetmaganlarning oilalarini oʻrganish, ularning oilasidagi ma’naviy-aхloqiy muhitni sogʻlomlashtirish, nizoli holatlarning oldini olish maqsadida ular bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ishlash Mahalla va oilani qoʻllab-quvatlash vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Bahodir Buхoriy.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_