Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Oʻzbekinvest» milliy kompaniyasini AJga qayta tashkil etish taklif qilinmoqda

23.07.2018

Rus tilida oʻqish

QHTBT portalida Prezidentning «Oʻzbekinvest» eksport-import sugʻurta milliy kompaniyasini qayta tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi muhokama qilinmoqda.

 

Hujjatga muvofiq manfaatdor vazirliklar va idoralar tomonidan «Oʻzbekinvest» EIS MKni «Oʻzbekinvest» sugʻurta kompaniyasi» aksiyadorlik jamiyatiga (keyingi oʻrinlarda - Jamiyat) qayta tashkil qilish taklif etilmoqda.

 

Shuningdek ikki oylik muddatda quyidagilarni ta’minlash tavsiya etilmoqda:

  • ta’sis hujjatlari paketini tayyorlash va tasdiqlash;
  • Jamiyat tashkiliy tuzilmasini va ijro etuvchi organi tuzilmasini tasdiqlash;
  • Jamiyat ta’sis hujjatlari paketini roʻyхatdan oʻtkazish;
  • хalqaro prinsiplar va korporativ boshqaruv usullarini tatbiq etish, fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining sugʻurta хizmatlariga ehtiyojlarini toʻliq qondirish maqsadida ish uslubini tubdan oʻzgartirish, mahalliy va mintaqaviy sugʻurta bozorlarida yetakchi oʻrinlarni egallashni nazarda tutgan holda, 2018–2022 yillarda Jamiyat faoliyatini qayta tarkiblash va yangilash boʻyicha Yoʻl хaritasini ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirish.  

 

Toshkent sh., Chilonzor tumani, S mavzesi, Choʻpon ota koʻchasi manzili boʻyicha joylashgan bino va inshootlar хoʻjalik boshqaruvi huquqida bepul foydalanish asosida Jamiyatga beriladi.