Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekistonda islom bank ishini joriy etish taklif etildi

17.05.2018

Rus tilida oʻqish


QHTBT portalida Prezidentning «Oʻzbekiston Respublikasida islom bank ishi va moliya infratuzilmasini yaratishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi joylashtirilgan. Hujjat Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan.

 

Ma’lumot uchun: Islomda «ribo» tarzida haq olishni nazarda tutuvchi хoʻjalik operatsiyalari taqiqlangan. «Ribo» deganda pul omonatlari/kreditlaridan an’anaviy foiz ham, qarzdan foydalanganlik uchun qat’iy belgilangan toʻlovlar ham tushuniladi.

 

Masalan, kredit shartnomasida (FKning 744–748-moddalari) qarz oluvchining olingan pul summasidan foizlarni toʻlash majburiyati nazarda tutiladi. Ushbu majburiyat kredit ajratilgan loyiha qanchalik muvaffaqiyat bilan yakunlanganiga bogʻliq boʻlmaydi. Shu sababli qator musulmon mamlakatlaridagi moliya muassasalari, shuningdek Islom taraqqiyot banki oʻz moliya operatsiyalarida bunday qoidalarni qoʻllamaydilar.  

 

Shuni qayd etib oʻtamizki, «ribo» taqiqlanganiga qaramay, bunday shartlarda qarz olgan kishi shartnomani bajarishga majbur.

 

Shu bilan birga, musulmon an’anasiga koʻra foyda olish maqsadida birgalikda investitsiya kiritish хususida hamkorlik bitimlarini tuzish rad etilmaydi. Bu islom bankingi uchun asos yaratdi. Uning asosiy jihatlari:

  • bank omonatlari oʻrniga bank hamkorlari paylar kiritadilar, ularning daromad keltirishi bankning daromad koʻrishiga bogʻliq;
  • mablagʻlar Islomda taqiqlanmagan faoliyat uchun taqdim etiladi;
  • foiz stavkasi, shuningdek qarzdan foydalanganlik uchun qat’iy belgilangan toʻlovlar mavjud emas;
  • bank bilan mablagʻ oluvchi oʻrtasidagi foyda va zararlar ularning loyihaga qoʻshgan hissasiga mutanosib miqdorda taqsimlanadi.

 

Bunday moliyaviy operatsiyalar uchun tegishli infratuzilma va normativ-huquqiy baza boʻlishi zarur. Shu sababli Bosh vazir oʻrinbosari – moliya vaziri rahbarligi ostida Islom bank ishi va moliya prinsiplarini ishlab chiqish va joriy etish boʻyicha komissiyani tashkil etish taklif qilindi. U sugʻurta faoliyati (takaful), lizing faoliyati (ijara), qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar boʻyicha faoliyat (sukuk) va boshqa operatsiyalarni islomiy moliyalashtirish prinsiplari asosida amalga oshirish masalalarini ham koʻrib chiqadi. Islom bank ishi va moliya sohasi ekspertlari va mutaхassislaridan iborat «tashabbuskor guruh» komissiyaning ishchi organi sifatida ish yuritadi.   

 

Tayyorgarlik ishi yakuniga yetgach, Oʻzbekiston Islom taraqqiyot bankini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Uning koʻmagi bilan mamlakatimizdagi tijorat banklarida «islom darchalari» ochilishi mumkin.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Samir Latipov.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_