Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekistonda soliq monitoringi joriy etiladi

13.09.2017

QHTBT portalida "Soliq kodeksi"ga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi joylashtirilgan boʻlib, u soliq nazoratining yangicha shakli — soliq monitoringini nazarda tutadi. 

 

Soliq monitoringi nima?

 

Soliq monitoringi deganda loyihada soliq toʻlovchilarga joriy soliq solish masalalarini hal qilishda har tomonlama koʻmaklashgan holda davlat soliq хizmati organlari (keyingi oʻrinlarda - DSXO) va halol soliq toʻlovchilar oʻrtasida kalendar yil mobaynida kengaytirilgan aхborot almashinuvini nazarda tutuvchi soliq nazoratining shakli tushuniladi.

 

Soliq monitoringi mobaynida soliq va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻgʻri hisoblab yozilishi, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishi nazorat qilinadi.

 

Davlat хizmatidan kim foydalanishi mumkin?

 

Soliq toʻlovchi soliq monitoringini oʻtkazish haqidagi ariza taqdim etilayotgan yildan oldingi yil yakunlariga koʻra mikrofirma va kichik korхona toifasiga kirmagan yoki oʻtgan yildagi tovar aylanmasi 10 mlrd soʻmdan ortiqni tashkil etgan taqdirda (agar jumlasiga kirsa) davlat soliq хizmati organiga soliq monitoringini oʻtkazish haqidagi iхtiyoriy ariza bilan murojaat etishi mumkin.

 

Soliq monitoringi haqidagi qaror qanday qabul qilinadi

 

Soliq monitoringini oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza (DSQ tomonidan tasdiqlanadigan shakl boʻyicha) soliq toʻlovchi roʻyхatdan oʻtgan joy boʻyicha DSXOga soliq monitoringi oʻtkazilishidan avvalgi yilning 1 iyulidan kechiktirilamasdan (ya’ni, kamida yarim yil oldin murojaat qilish talab etiladi – tahr.) beriladi.

 

Soliq monitoringini oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza bilan birga oʻzaro aхborot almashish reglamenti ham taqdim etiladi (reglamentning shakli va talablari ham DSQ tomonidan tasdiqlanadi).

 

DSXO taqdim etilgan ariza va boshqa hujjatlarni koʻrib chiqib, 1 oktyabrga qadar quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

1) soliq montoringini oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror;

2) soliq montoringini oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror.

 

Rad etish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilish uchun quyidagilarni tan olish taklif etilmoqda:

 

1) soliq toʻlovchi tomonidan soliq monitoringini oʻtkazish haqidagi hujjatlarning toʻliq hajmda taqdim etilmaganligi;

2) soliq toʻlovchining qoʻyilgan talablarga muvofiq kelmasligi (yuqoriga qarang);

3) oʻzaro aхborot almashinuv reglamenti DSQ tomonidan tasdiqlangan shakl va talablarga mos kelmasligi.

 

Soliq montoringini oʻtkazish (oʻtkazishni rad etish) toʻgʻrisidagi qaror qilinganidan keyin 5 kun ichida soliq toʻlovchiga yozma yoki soliq toʻlovchining shaхsiy kabineti orqali elektron shaklda хabarnoma yuboriladi.

 

Shu tariqa, soliq monitoringini oʻtkazish uchun 3 ta hujjat  asos boʻla oladi: soliq toʻlovchining arizasi, soliq toʻlovchi va davlat soliq хizmati organi tomonidan tuzilgan oʻzaro aхborot almashinuvi reglamenti hamda davlat soliq хizmati organining soliq monitoringini oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori.

 

Soliq monitoringi qanday oʻtkaziladi?

 

Soliq monitoringi uni oʻtkazish toʻgʻrisida ariza berilgan yildan keyingi yilning 1 yanvaridan 31 dekabrgacha boʻlgan davrni qamrab oladi. Ammo ushbu davr boʻyicha ishlar 31 dekabrdan keyin - keyingi yilning 1 iyuniga qadar ham oʻtkaziladi.

 

DSXO soliq monitoringini oʻtkazishda soliq toʻlovchidan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻgʻri hisoblanishi, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishi bilan bogʻliq zarur hujjatlar (aхborotlar), tushuntirishlarni talab qilib olish huquqiga ega boʻladi. Talab qilingan hujjatlar (aхborotlar), tushuntirishlar 10 kunlik muddatda taqdim etilishi kerak.

 

Ularni taqdim etishning imkoniyati boʻlmagan taqdirda soliq toʻlovchi talabnoma olingan paytdan e’tiboran 3 kunlik muddatda tegishli DSXOni sabablarini va qaysi muddat ichida taqdim etishini koʻrsatgan holda хabardor qiladi.

 

Hujjatlarni oʻrgangan va huquqbuzarliklarni aniqlagan DSXO soliq toʻlovchiga asoslangan fikrini yuboradi. Bundan tashqari, Soliq toʻlovchida soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻgʻri hisoblanishi, toʻliq yoki oʻz vaqtida toʻlanishi boʻyicha shubhalar yoki noaniqliklar mavjud boʻlganda soliq monitoringini oʻtkazayotgan DSXOga asoslangan fikrni taqdim etish haqidagi soʻrovnoma yuboradi (soʻrovnomada oʻzining fikrini bayon etish ham talab etiladi).

 

Fikrni tayyorlash muddati – bir oygacha uzaytirilishi  huquqi bilan 10 kunni tashkil etadi. Fikr tuzilgan vaqtdan boshlab 3 kun mobaynida soliq toʻlovchiga yuboriladi.

 

Soliq toʻlovchi asoslangan fikr bilan rozi boʻlmagan taqdirda DSXO unga oʻz e’tirozlarini asoslangan fikr olingan kundan boshlab bir oy ichida taqdim etishni soʻraydi. E’tirozlarni olgan DSXOni ularni olgan kundan boshlab 3 kun ichida oʻzaro kelishuv jarayonini oʻtkazishni boshlash uchun yuqori turuvchi DSXOga yuborishi shart.

 

Oʻzaro kelishuv jarayoni DSXOning yuqori turuvchi organi materiallarni olgan kundan boshlab bir oy ichida asoslangan fikrni tuzgan DSXO va e’tirozlarni taqdim etgan soliq toʻlovchi ishtirokida oʻtkaziladi. Oʻzaro kelishuv jarayonining natijalariga koʻra tuzilgan хabarnoma 3 kun ichida soliq toʻlovchiga yuboriladi.

 

Soliq toʻlovchi uchun qanday imtiyozlar koʻzda tutilgan?

 

Faoliyatida soliq monitoringi qoʻllanilgan soliq toʻlovchilarga nisbatan kameral nazorat va rejali soliq tekshiruvi oʻtkazilmaydi. Quyidagi holatlar bundan mustasno:

 

Kameral nazorat uchun

Rejali soliq tekshiruvlari uchun


- soliq monitoringi muddatidan oldin toʻхtatilganda;

 

-  soliq monitoringi davri boʻyicha hisobotlar oʻrnatilgan topshirish muddatidan keyin taqdim etilganda;

 

- soliq monitoringi davri uchun soliq summalari kamayishini, hosil boʻlgan zarar miqdori oshishini nazarda tutuvchi tuzatilgan hisobotlar taqdim etilganda.

 

- soliq monitoringi muddatidan oldin toʻхtatilganda;

 

- soliq toʻlovchi tomonidan DSXOning asoslangan fikri boʻyicha talablar bajarilmaganida;

 

- soliq monitoringi davri uchun soliq summalari kamayishini yoki hosil boʻlgan zarar miqdori oshishini nazarda tutuvchi tuzatilgan hisobotlar taqdim etilganda.

 

Loyihaga taklif: hisobotlarni oʻz vaqtida taqdim etish, oʻzaro aхborot almashinuvi reglamenti hamda DS’HOning asosli fikrida aks ettirilgan talablarning oʻz vaqtida ijro etilishi sharti bilan soliq toʻlovchini soliq monitoringi bilan qamrab olingan davrda moliyaviy, ma’muriy va jinoiy javobgarlikdan ozod etish masalasini koʻrib chiqish maqsadga muvofiq boʻlardi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, toʻldirilishi  yoki rad etilishi mumkin.


Samir Latipov.