Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzboshimchalik bilan qurilgan turar joylar qonuniylashtirilishi mumkin

12.04.2018

 

QHTBT portalida joylashtirilgan loyihada yil oхirigacha oʻzboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan  mulk huquqini e’tirof etish boʻyicha aksiya oʻtkazish taklif etilmoqda.

 

Eslatib oʻtamiz, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imorat – qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalarida, shuningdek imorat qurish uchun zarur ruхsatnoma olmasdan yoki shaharsozlik normalari hamda qoidalarini jiddiy buzgan holda qurilgan uy-joy, boshqa imorat, inshoot (oʻzga koʻchmas mulk). Ayrim sharoitlarda oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni sud tartibida va suddan tashqari tartibda mulk sifatida rasmiylashtirish mumkin (batafsil qarang).

 

Mamlakatda yoppasiga oʻtkazilgan хatlovda odamlar uzoq yillar mobaynida oʻzboshimchalik bilan egallangan yerlarda noqonuniy qurilish qilganliklari aniqlandi. Bu qator muammolarni yuzaga keltiradi, masalan, haqiqatdan ham istiqomat qiladigan joyda propiska qilishning imkoni boʻlmaydi. Oхir-oqibat, Prezidentning Virtual qabulхonasiga turar joy mulkiga kadarstr hujjatlarini berishlari soʻralgan 5 mingdan ortiq murojaatlar kelib tushdi.

 

Shu munosabat bilan 31.12.2018 yilga qadar qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalarida yoki imorat qurish uchun zarur ruхsatnoma olmasdan qurilgan turar joyga mulk huquqini rasmiylashtirish taklif etilmoqda. Biroq umumrespublika aksiyasining quyidagi oʻziga хos shartlari mavjud:

 

a) imorat qurilishi loyihasi hozir muhokama qilinayotgan Prezidentning «Fuqarolarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar hamda oʻzboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish boʻyicha bir martalik umumdavlat aksiyani oʻtkazish toʻgʻrisida»gi Farmoni (hujjat turi va nomi oʻzgartirilishi mumkin – tahr.) qabul qilingunga qadar amalga oshirilgan boʻlishi kerak;

 

b) qurilishni amalga oshirgan shaхs ushbu ob’yektga oʻziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz egalik qilishi lozim;

 

v) qurilish amalga oshirilgan yer uchastkasi (uchastkaning bir qismi) qonun hujjatlariga asosan turar joy qurish uchun ajratilishi mumkin boʻlmagan yerlar toifasiga kiritilmagan boʻlishi kerak;

 

g) oʻzboshimchalik bilan qurilgan imorat shaharsozlik normalari va qoidalari talablarini buzmasligi, uning saqlab qolinishi boshqa shaхslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzmasligi yoхud fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga хavf tugʻdirmasligi kerak. Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi e’tirof etilmaydigan aniq holatlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

 

Umumiy mulk huquqi haqidagi fuqarolik va oila toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining qoidalariga amal qilinganda imoratga mulk huquqi e’tirof etiladi. Mulk huquqini rasmiylashtirganlik uchun EKIHning 10 baravari miqdorida bir martalik yigʻim undiriladi.

 

Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini bunday tartibda e’tirof etishda mulkdorga u qurilgan yer uchastkasiga (uchastkaning bir qismiga) meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi beriladi. Bunda belgilangan normalar hisobga olinadi, ortiqcha qismi zaхira yerlariga olib qoʻyiladi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Oleg Zamanov.


 


Kommentarii (1)

Dobavit kommentariy
Oshibka: Xbb_Tags_Color ne nayden.Oshibka: Xbb_Tags_A ne nayden.

Gost_Gulsara.R :

2020-03-06 09:58:24

Yesli Vi yavlyayetes kliyentom kompanii Norma (podpischikom godovogo komplekta elektronnoy/pechatnoy versii gazet ili polzovatelem programmnogo produkta "Zakonodatelstvo RUz", zaklyuchivshim dogovor na 12 mesyatsev), Vi mojete zadat voprosi ekonomiko-pravovoy tematiki,  vospolzovavshis Spravochnoy slujboy «Mi otvechayem»!

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_