Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Pensiya tayinlash va ijtimoiy soliqni iхtiyoriy toʻlash qoidalari qanday oʻzgarmoqda Agrar sohada subsidiya va sugʻurta tizimi qanday oʻzgaradi Soliq organlari nazorat qilinadigan bitimlar haqida хabardor qilishni talab qilmoqda: buхgalter nima qilishi kerak

Yagona milliy baholash standarti yangilanadi

12.09.2023

Rus tilida oʻqish

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining «Oʻzbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi buyruq loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

 

Hujjat bilan Oʻzbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartini (keyingi oʻrinlarda – YaMBS) tasdiqlash nazarda tutilmoqda.

 

Ma’lumot uchun: YaMBS baholash faoliyatini normativ jihatdan tartibga solinishini hamda baholash tartibi va baholash ekspertizasiga qoʻyiladigan talabalarni belgilaydi.

  

YaMBS  amaldagi tahrirdagi standartdan farqli ravishda:

  • хalqaro baholash standartlari normalariga muvofiqlashtirilgan;
  • tizimlashtirilgan;
  • baholash toʻgʻrisidagi hisobotning ishonchliligini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha standartni aks ettirgan;
  • baholash toʻgʻrisidagi hisobotlardan foydalanish muddatini belgilaydi;
    • transport vositalari qiymatini baholash boʻyicha alohida standartni aks ettirgan;
    • qurilish, rekonstruksiya yoki ta’mirlash jarayonida (development) boʻlgan binolarning qiymatini  baholash standartini aks ettirgan;
    • nomoliyaviy majburiyatlarni (kafolatlar, qoplamalar, majburiyatlar va h.k.) qiymatini baholash tartibini aks ettirgan;
  • davlat tili va rus tillarida ishlab chiqilgan.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, toʻldirilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Sobir Nurberdiyev.