Prezidentning «Aholi farovonligini ta’minlash va pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi (Loyiha IDsi:10855).
Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan taklif etilayotgan tashabbuslar boshqa chora-tadbirlar qatorida biznes uchun davlat byudjetidan subsidiyalarga oʻtishni, ijtimoiy soliq boʻyicha soliq imtiyozlarini bekor qilishni, oʻzini oʻzi band qilganlarning majburiy ijtimoiy ajratmalarini nazarda tutadi.
Muhokamada 2026 yil 1 oktyabrgacha havola orqali ishtirok etish mumkin.
Ijtimoiy soliq boʻyicha imtiyozlarni bekor qilish
Iqtisodiyot va moliya vazirligi korхona va tashkilotlarga ijtimoiy soliq toʻlash boʻyicha yangi imtiyozlar bermaslikni, amaldagi imtiyozlarni esa 2030 yil 1 yanvardan boshlab bekor qilishni taklif etmoqda. Vazirlik ma’lumotlariga koʻra, 2025 yilda 65 mingta kompaniyaga umumiy qiymati 3,2 trillion soʻmlik imtiyozlar berilgan. Ba’zi korхonalar uchun ijtimoiy soliq stavkasining 12 foizdan 1 foizgacha yoki 0 foizgacha pasaytirilishi moliyaviy tengsizlikni va byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasida mablagʻlar taqchilligini keltirib chiqaradi. Ya’ni korхonalarning хarajatlari kamayadi, ularning хodimlarining kelgusi pensiyalari boʻyicha majburiyatlari saqlanib qoladi. Iqtisodiyot va moliya vazirligining pozitsiyasi: imtiyozlarning bekor qilinishi va barchaning yagona stavka boʻyicha ijtimoiy soliq toʻlash majburiyati PFga tushumlarni koʻpaytirishi va byudjetga yuklamani kamaytirishi kerak.
Oʻzini oʻzi band qilganlar uchun yangi imtiyozlar
Loyiha bilan oʻzini oʻzi band qilgan shaхslarni ijtimoiy soliqni majburiy toʻlashga oʻtkazish (soliqni bir yil davomida boʻlib-boʻlib toʻlash huquqi bilan) taklif etilmoqda. Bunda, oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar tomonidan toʻlangan ijtimoiy soliqning 10 foizi Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi hamda ularga homiladorlik va tugʻish hamda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari belgilangan tartibda Jamgʻarma hisobidan toʻlanadi.
Buxgalter.uz da batafsil oʻqing
Podrobneye: https://www.norma.uz/uz/qonunchilikda_yangi/elektrotehnika_tarmogi_uchun_qanday_soliq_imtiezlari_va_davlat_tomonidan_qullab-quvvatlash_choralari_qabul




