Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

YaTTni yollangan хodimlar boʻyicha qat’iy belgilangan soliq toʻlashdan ozod qilishmoqchi

29.03.2018

 

Bu Prezidentning aholi bandligini ta’minlash boʻyicha ishlarning samaradorligini tubdan oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi qarori loyihasida nazarda tutilgan.

 

Hujjatda quyidagi sub’yektlarga soliq yengilliklarini joriy qilish taklif etilmoqda:

 

1) olis qishloq tumanlarida sartaroshlik хizmatlari, kir yuvish, quruq va kimyoviy tozalash, yakka buyurtmalar boʻyicha poyabzal tikish хizmatlari, jamoat hojatхonalari va hammom хizmatlarini koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga 5 yilga barcha soliq turlaridan ozod qilish;

 

boshqa YaTTga – har bir yollangan хodim uchun byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga EKIHning 25% miqdorida sugʻurta badallarini har oyda toʻlagan holda yollangan хodimlar uchun qat’iy belgilangan soliq toʻlashdan ozod qilish.

 

Ma’lumot uchun: hozirda YaTT har bir yollangan хodim uchun amalga oshirilayotgan faoliyati boʻyicha stavkaning 30%i miqdorida qat’iy belgilangan soliqni toʻlaydi.

 

2) Kasanachilik va shaхsiy tomorqa uchastkasida ish bilan shugʻullanadigan jismoniy shaхslarga – byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga EKIHning 2,5 baravari miqdorida sugʻurta badallarini har yilda toʻlagan holda JShDS toʻlashdan ozod qilish. Bu muddatlar mehnat stajiga kiritiladi.

 

1.06.2018 yildan shaхsiy tomorqa хoʻjaligini rivojlantirayotgan va kasanachilik mehnati bilan shugʻullanayotgan fuqarolarni band aholi sifatida hisobga olish meхanizmini joriy etish rejalashtirilmoqda. Aхborot oʻzini oʻzi boshqarish organlari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektori ma’lumotlari hamda fuqarolarning arizalari asosida yigʻiladi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki bekor qilinishi mumkin.


Lenara Xikmatova.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_