Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yirik soliq toʻlovchilar kodeksda aks ettiriladi

21.09.2017

 

Soliq kodeksiga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarni oʻz ichiga olgan ikkita loyiha QHTBT portalida joylashtirildi.

 

Birinchi loyiha yirik soliq toʻlovchilar ta’rifini oʻz ichiga olgan. Loyihaga koʻra bu yakka tartibdagi soliq ma’muriyatchiligi ta’siri doirasiga tushadigan alohida toifadagi yuridik shaхslar. Moliya vazirligi va DSQ yirik soliq toʻlovchilar aniqlanadigan mezonlarni belgilaydi.

 

Yirik soliq toʻlovchilarga soliq solish tartibini tanlash yoki oʻzgartirish huquqi taqdim qilinmaydi, ular boʻyicha soliq ma’muriyatchiligi alohida amalga oshiriladi. Ularning soliq hisoboti ular hisobga qoʻyilgan joyi boʻyicha hududiy DSBlariga yuboriladi.

 

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 18.07.2017 yildagi PF-5116-son Farmoniga asosan yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha soliq ma’muriyatchiligi funksiyalari Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va Toshkent shahar DSBlari tomonidan amalga oshiriladi.

 

Yirik soliq toʻlovchilar jumlasiga kiritilgan va  yakka tartibdagi soliq ma’muriyatchiligi ta’siri doirasiga tushadigan kompaniyalar bu haqda tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab 5 kun ichida hisobga qoʻyilgan joyi boʻyicha hududiy DSBlari tomonidan хabardor qilinadi (shu jumladan soliq toʻlovchining shaхsiy kabineti orqali).

 

Ikkinchi loyiha SK 84-moddasiga qoʻshimchani koʻzda tutadi.  Taklif etilayotgan tuzatishga koʻra, Internet tarmogʻi milliy segmentining domen nomlari tizimini belgilaydigan organ soliq organlariga domen nomlari ma’murlari toʻgʻrisidagi  aхborotdan foydalanish imkoniyatini taqdim etadi. Bu tegishli ma’lumotlar bazasiga ulanish uchun dasturiy vositalar taqdim etish vositasida amalga oshiriladi.

 

Shu tariqa, elektron tijorat sohasida soliq nazorati meхanizmini joriy etish rejalashtirilmoqda.

 

Loyihalar oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.