Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yoʻllarda velosipedchilar uchun maхsus yoʻlkalar barpo etiladi

08.10.2018


2019–2020 yillarda mamlakatimiz mintaqalarida velosiped yoʻlkalari tarmogʻini qurish rejalashtirilmoqda. Hujjat loyihasi QHTBT portalida muhokama qilinmoqda.

 

Quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi 2019–2020 yillardagi Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish koʻzlanmoqda:

  • mintaqaviy ahamiyatga molik umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarining chegaralarida qurilishini nazarda tutuvchi velosiped yoʻlkalarini qurishning manzilli roʻyхati;
  • bogʻlar, istirohat bogʻlarida velosiped yoʻlkalarini qurishning manzilli roʻyхati.

 

Bundan tashqari, mintaqalar hududiga kirishni ta’minlovchi mintaqaviy ahamiyatga molik umumiy foydalaniladigan magistral avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish uchun topshiriqlarni tayyorlash chogʻida bundan buyon belgilangan tartibda ushbu yoʻllarning ajratilgan mintaqa doirasida velosiped yoʻlkalari qurilishini nazarda tutish taklif etilmoqda.

 

Koʻzlangan rejalarni amalga oshirishni Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga topshirish rejalashtirilmoqda.

 

Bundan tashqari, mahalliy velosipedlar ishlab chiqarishni kengaytirish koʻzlangan. Xususan, Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumanida velosiped ishlab chiqaruvchi «Ya Mei Gong Ye Yuan» MChJ XKni tashkil etish rejalashtirilmoqda.

 

Loyiha rad etilishi, oʻzgartirilishi yoki unga qoʻshimcha kiritilishi mumkin.

 

Oleg Gayevoy.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_