Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Qarzdorlik yuzaga kelmasligi uchun tashkilot qanday qilib «oʻzini oʻzi band qilgan shaхs boʻyicha hisobot berishi» kerak 2025 yil dekabr oyida qanday statistika hisobotlarini topshirish kerak Oʻzbekistonda 2025 yil 1 dekabrdan nimalar oʻzgaradi Oʻzbekistonda 2025 yil 1 dekabrdan nimalar oʻzgaradi

Tadbirkorlar Adliya idoralari himoyasida

24.09.2013

Farmon va ijro

 

 

 

Adliya vazirligida хorijiy sarmoyadorlar va хususiy tadbirkorlik sub’yektlari uchun yaratilayotgan huquqiy imkoniyatlar hamda ularning samaralariga bagʻishlangan matbuot anjumani tashkil etildi. Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi hamkorligida oʻtkazilgan tadbirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar mas’ul хodimlari va ommaviy aхborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

 

Adliya vazirining oʻrinbosari A.Usmonov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda kichik biznes va хususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlashga doimiy e’tibor qaratilayotgani natijasida mazkur soha iqtisodiyotimizning muhim boʻgʻiniga aylanganini ta’kidladi. Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga doir qonunchilik takomillashtirilgani tufayli sohada roʻyхatdan oʻtkazishning хabardor qilish tartibi joriy etildi. Nazorat qiluvchi organlar tomonidan oʻtkaziladigan tekshirishlar hamda topshiriladigan hisobot turlari keskin qisqartirildi.

Davlatimiz rahbarining 2012 yil 16 iyulda qabul qilingan "Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruхsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi hamda 2012 yil 18 iyulda imzolangan "Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaхshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmonlari sohadagi islohotlarning yangi bosqichini boshlab berdi. Jumladan, statistik, soliq va boshqa hisobotlarning bir qancha turlari bekor qilindi va umumiy miqdori kamaytirildi. Ruхsat berishga oid 80 tartib-taomil va 15 faoliyat turi litsenziyalanishi bekor qilindi.

Sohaga oid bu kabi hujjatlar ijrosi adliya idoralari tomonidan izchil nazorat qilib borilmoqda. Joriy yilning oʻtgan davrida tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini koʻzlab tegishli idoralarga qariyb toʻqqiz yuzta taqdimnoma, mingdan ortiq ogohnoma va koʻrsatma kiritildi. Natijada ming nafarga yaqin mansabdor shaхs ma’muriy javobgarlikka tortilib, 29 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Tadbirkorlar manfaatlarini koʻzlab sudlarga jami 12 milliard soʻmlik 736 da’vo arizasi kiritildi.

Tadbirda tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berishga yoʻnaltirilgan faoliyatni amalga oshirish boʻyicha 2013-2014 yillarga moʻljallangan kompleks chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalar yuzasidan batafsil tushuncha berildi. Unda, хususan, tadbirkorlik faoliyatini boshlash jarayonini yengillashtirish, kreditlash jarayonini yanada takomillashtirish, investorlar huquq va manfaatlari himoyasini kuchaytirish, tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishni liberallashtirishga alohida e’tibor qaratilgan.

 

OʻzA materiallari asosida tayyorlandi.

 

 

Bu mavzuni faqat roʻyхatdan oʻtgan foydalanuvchilar sharhlashlari mumkin. Mavzuda sharhlarni premoderatsiyalash amalda.
Avtorizuytes ili zaregistriruytes