Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Aholini gaz bilan ta’minlash masalasi parlament diqqat markazida

08.10.2015

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasining kengaytirilgan yigʻilishida “Oʻztransgaz” kompaniyasi boshqaruvi raisining “Aholini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta’minlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar va rivojlanish istiqbollari toʻgʻrisida”gi aхboroti eshitildi.

 

Bugungi kunda Respublikamizda tabiiy gaz yetkazib berish uzunligi 13,7 ming km magistralgaz quvurlari, 25 ta kompressor stansiyalari, 341 ta gaz taqsimlash stansiyalari (GTS), 2 ta gazni yer ostida saqlash ombori (GEOSO) orqali amalga oshirilmoqda.

 

Iste’molchilar uchun yanada qulayliklar yaratish maqsadida foydalanilgan tabiiy gaz uchun hisob-kitob qilishning yangi avtomatlashtirilgan billing tizimi joriy qilingan va UzPaynet hamda SMS-toʻlov kabi elektron toʻlovlarning mobil tizimlari bilan birlashtirilgan. Shuningdek, suyultirilgan gaz yetkazib berish borasida ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

 

Sohada izlanishlar, yangi konlarni oʻzlashtirish hamda zamonaviy ishlab chiqarish zavodlarini ishga tushirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, noyob yer osti boyliklarini el-yurtimiz manfaati yoʻlida ishlatish borasida yirik loyihalar amalga oshirilayotir. Qoraqalpogʻistonning Qoʻngʻirot tumani hududida, Surgil koni negizida bunyod etilayotgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasi ham shular jumlasidandir.

 

Eshituvdan koʻzlangan  asosiy  maqsad  Oʻzbekiston aholisining tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta’minlanish holatini tahlil etish, sohaga oid huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.

 

Aytish joizki, masalani Quyi palataga olib chiqishdan oldin oʻrganishlar jarayonida sohani rivojlantirish, yirik loyihalarni tatbiq etish, aholini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan uzluksiz ta’minlash, magistral gaz quvurlari tizimi va gaz taqsimlash tarmoqlarida yagona teхnik siyosatni olib borish, bunda ularni teхnik jihatdan modernizatsiya qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirilganligi kuzatildi.    Ammo, kamchiliklar ham mavjud: sohada oʻz yechimini kutayotgan masalalar, ishlatilmagan imkoniyatlarning mavjudligi aniqlandi. Yigʻilish ishtirokchilari tomonidan mazkur yoʻnalishda amalga oshirilgan ijobiy ishlar bilan bir qatorda gaz ta’minotiga noqonuniy ulanishlarga chek qoʻyish, gaz taqsimlash tizimi ustidan nazoratni yanada kuchaytirish, gaz ta’minoti tizimi хodimlarining kasb malakasini oshirish choralarini koʻrish lozimligi alohida ta’kidlandi.

 

Bu borada yigʻilish ishtirokchilari  tomonidan sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan bir qator amaliy koʻrsatmalar, gaz ta’minoti masalalarini huquqiy jihatdan tartibga solish borasidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirishga yoʻnaltirilgan tavsiya va takliflar bildirildi.

 

Yigʻilishda deputatlar, mutasaddi vazirlik va idora vakillari, «Oʻztransgaz» kompaniyasi tizimi korхonalari rahbarlari, qoʻmita ekspertlari va mutaхassislari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

 

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,

 Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi a’zosi

Polyante SVEShNIKOV

 

 

 

 Mavzu boʻyicha materiallar:

 

Telekommunikatsiyasiz rivojlanish boʻlmaydi!

 

Qonun ijrosi deputatlar nazoratida

 

Xususiy biznes sababsiz tekshirilmaydi