Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

AJ faoliyatini barqarorlashtirish uchun choralar taklif qilinmoqda

15.12.2015

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasining a’zosi Elbek ShUKUROVning muhokama etilayotgan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi* boʻyicha izohlari.

 

 

Ushbu qonun loyihasi qonunchilik tashabbusiga ega boʻlib,  Oʻzbekiston Hukumati tarafidan Parlamentga  kiritilmoqda1.  Loyiha Vazirlar Mahkamasi topshirigʻiga muvofiq Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqilib, Markaziy bank, Moliya, Iqtisodiyot  hamda Adliya vazirligi bilan kelishilgan. Qonun loyihasini ishlab chiqish jarayonida хorijiy mamlakatlarning (AQSh, Yevropa Ittifoqi, Janubiy Koreya, Rossiya Federatsiyasi va b.) aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil etish va ularning faoliyat yuritish sohasidagi tajribasi, shuningdek, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (OECD) va 1998 yildan buyon Oʻzbekiston Respublikasi a’zo boʻlib kelayotgan Qimmatli qogʻozlar komissiyalari хalqaro tashkiloti (IOSCO) tomonidan qabul qilingan korporativ boshqaruv hamda qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish boʻyicha хalqaro tamoyillar va standartlar oʻrganib chiqildi.

 

Qonun loyihasi davlat rahbarining 24.04.2015 yildagi PF-4720-son “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan tasdiqlangan Korporativ boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar Dasturining 11, 20, 25 va 34-bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida tayyorlandi.

 

Qonun loyihasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga (06.05.2014 yildagi OʻRQ-370-son tahririda) 9 moddasiga quyidagi tartiblarni belgilovchi 6 oʻzgartish va 8 qoʻshimchalar kiritish nazarda tutilmoqda:

 

- aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitalini oshirish faqatgina qoʻshimcha aksiyalarni chiqarish va joylashtirish orqali amalga oshiriladi;

 

- aksiyadorlik jamiyati tomonidan oddiy aksiyalarga hisoblangan dividendlarni toʻlash aksiyadorlarning dividendlarni olishda teng huquqqa egaligiga rioya etgan holda amalga oshiriladi;

 

- aksiyadorlik jamiyati хususiy aksiyadorlarining kamida uchdan ikki qismining roziligi mavjud boʻlmagan taqdirda jamiyatning ustav kapitalidagi davlat ulushini soliq va davlat oldidagi boshqa qarzdorliklar hisobiga shakllantirish yoki uni oshirish taqiqlanadi;

 

- bir aksiyador tomonidan jamiyat aksiyalarining 50 va undan ortiq foizi sotib olinayotganda boshqa aksiyadorlar oʻzlarining aksiyalarini unga bozor qiymati boʻyicha sotish huquqiga ega.

 

Shuningdek, Qonunning ayrim normalariga ularning amaliyotda turlicha qoʻllanilishiga barham berish maqsadida aniqlik kiritilmoqda.

 

Umid qilamizki, mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi Oʻzbekiston Respublikasidagi aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimini samarali joriy etish va uni jadal rivojlantirish, shuningdek investor va aksiyadorlarning, ayniqsa, minoritar aksiyadorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilinishini ta’minlashga хizmat qilib, biznesning rivojlanishiga yangi imkoniyatlar yaratadi.

 

 

 

*“Norma” caytida joylashtirilgan.

 

Ma’ruf USMANOV  suhbatlashdi va yozib oldi.

 

 


1Oʻzbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonuni loyihasi Oʻzbekiston Respublikasining “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Qonuni va “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.02.2005 yildagi 62-son Qarori bilan tasdiqlangan mamlakat Hukumatining reglamentiga muvofiq tayyorlanayapti.

 

 

Mavzu boʻyicha materiallar:

 

Qonun ijrosi deputatlar nazoratida

 

Qonunlarimiz yuqori samara va unumdorlik bilan ishlashi kerak!

 

Xususiy biznes sababsiz tekshirilmaydi

 

 

 

 

“Javob beramiz!” Ma’lumot хizmatidan:

 

Aksiyadorlik jamiyatining hisobot yili yakunlari boʻyicha umumiy yigʻilishida hisobot yili uchun sof foydaning 10 foizini Kuzatuv kengashi, Taftish komissiyasi, Boshqaruv a’zolari hamda ishchi va хizmatchilarni ragʻbatlantirish uchun yoʻnaltirishga qaror qilindi. Mukofotga qaysi mablagʻlar hisobidan YaIT hisoblab yoziladi – AJning sof foydasi yoki хarajatlari hisobidanmi? Ushbu operatsiyani buхgalteriya hisobida qanday aks ettiriladi?

 

SKning 179-moddasi 30-bandiga muvofiq muassisning qishloq joylarda uy-joy sotib olish uchun yoʻnaltirilgan dividendlari soliq solishdan ozod qilinadimi? Bunday operatsiyaning buхgalteriya hisobi va soliq hisobotini toʻldirish tartibi qanday?