Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Hukumat-AKT-yoshlar

24.06.2016

Mamlakatimiz aholisining yarmidan koʻpini yoshlar tashkil qiladi. Shuning uchun davlat hamda jamiyat tomonidan ushbu qatlamga alohida e’tibor qaratilib, katta moddiy-ma’naviy kuch sarflab kelinmoqda.

 

Bunga yaqqol misol sifatida “Hukumat bolalar nigohida” veb-saytining ishga tushirilishini keltirsak boʻladi (davlat va rus tillarida). Ya’ni, joriy yilning iyun oyi oʻrtalarida  internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumat portali doirasida “Hukumat bolalar nigohida” veb-sayti (www.kids.gov.uz) ishga tushirildi (chet elda, jumladan  Amerika va Yevropa qit’alarida ham shunday saytlar mavjud).

 

Mazkur veb-sayt 2016 yil Oʻzbekiston Respublikasida «Sogʻlom ona va bola yili»  deb e’lon qilinganligi munosabati bilan hamda aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini  (AKT) amaliyotga keng joriy etgan holda barkamol avlodni tarbiyalash yuzasidan olib borilayotgan keng koʻlamli ishlarni mantiqiy davom ettirish, bolalarni “Davlat” va “Hukumat” tushunchalari, shuningdek Oʻzbekiston toʻgʻrisida umumiy ma’lumotlar bilan yaqindan tanishtirish, ularning siyosiy va huquqiy bilimlarini shakllantirish maqsadida yaratildi.

 

Ushbu veb-sayt Oʻzbekiston Respublikasi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining UZINFOCOM  kompyuter va aхborot teхnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi tomonidan ishlab chiqildi.

 

Yaritilgan veb-sayt 6-12 yoshdagi bolalar uchun moʻljallangan boʻlib, undan boshlangʻich sinf oʻquvchilari dars jarayonlarida foydalanishlari mumkin. Unda Oʻzbekiston hamda mamlakatimiz Davlat hokimiyati tizimi toʻgʻrisidagi umumiy ma’lumotlar  sodda  va loʻnda matnlar va rasmlar yordamida  tasvirlab  berilgan.

 

“Hukumat bolalar nigohida” veb-sayti yurtimizda ishlab chiqilgan shu turkumdagi ilk loyiha (10-ta bosqichdan iborat) boʻlganligi sababli u kelajakda kelib tushgan takliflar asosida yanada boyitilib va takomillashtirilib borilishi nazarda tutilgan.

 

Ishlab chiquvchilar va foydalanuvchilar  mazkur veb-sayt Oʻzbekiston  bolajonlariga manzur keladi va ularning bilimlarini boyitishda qoʻl keladi deb ishonch bildirishmoqda.

 

 

Elbek ShUKUROV,

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi

Qonunchilik palatasi deputati,  OʻzLiDeP fraksiyasi a’zosi.

 

 

Mavzu boʻyicha materiallar:

 

Elektron tijoratni rivojlantirish chora-tadbirlari belgilandi

 

Oʻzbekiston Hukumati ishining samaradorligi va shaffofligi yanada oshadi

 

Telekommunikatsiyasiz rivojlanish boʻlmaydi!