Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Mamlakatimiz parlamenti yuqori palatasining beshinchi yalpi majlisi shu yil 31 martda boʻlib oʻtadi

11.03.2016

Toshkent shahrida 2016 yil 9 mart kuni Senat Raisi Nigʻmatilla Yoʻldoshev boshchiligida oʻtkazilgan parlament yuqori palatasi Kengashining majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining beshinchi yalpi majlisini joriy yilning 31 mart kuni chaqirish toʻgʻrisida Qaror qabul qilindi.

 

Yalpi majlis muhokamasiga   bir qator qonunlar, shu jumladan:

 

 «Parlament nazorati toʻgʻrisida»gi


«Buхgalteriya hisobi toʻgʻrisida»gi (yangi tahriri) 

 

 ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonunlar;


 hamda

 

Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi va  Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning  oʻtgan 2015 yilda amalga oshirilgan faoliyati  toʻgʻrisidagi  hisobotlari muhokama kilinishi koʻzda tutilmoqda;


bundan tashqari,

 

 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining prokuratura organlari faoliyatini nazorat qiluvchi komissiyasi tarkibi toʻgʻrisidagi 

 

 masala  koʻrib chiqiladi.


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi yuqori palatasi qoʻmitalarining va Devonining beshinchi yalpi majlisga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir ishlarini muvofiqlashtirish uchun Kengash tomonidan Senat Raisining oʻrinbosari  Svetlana Artikova boshchiligida ishchi guruh tuzildi.

 

Majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining vakolatiga taalluqli  boshqa masalalar ham koʻrib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

Ma’ruf  USMANOV .

 

 

Mavzu boʻyicha materiallar:

 

Munosib mehnat – muhofaza qilingan va хavfsiz mehnat!

 

Buхgalteriya hisobi – milliy iqtisodiyot uchun muhim masala

 

Parlament yuqori palatasining yalpi majlisi 2015 yil 3 dekabrda boʻlib oʻtadi