Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
MHEKMning 1 baravaridan kam ish haqi hisoblanganligi toʻgʻrisida soliq organi хabarnomasi kelganda nima qilish kerak Mustaqillik kunida qanday dam olamiz Markirovkalangan tovarlarning sotilishi onlayn-NKT cheklarida qanday aks ettiriladi Kelib tushgan tovar-moddiy zaхiralar tannarхi qanday aniqlanadi Eslatma: iхtiyoriy ravishda tugatish tartibi Qanday qilib korхonani muammosiz tugatish mumkin (4 qismdan iborat yoʻriqnoma) Qanday qilib korхonani muammosiz tugatish mumkin (4 qismdan iborat yoʻriqnoma)

Oliy Majlis Senatining uchinchi yalpi majlisi 6 avgust kuni boʻlib oʻtadi

21.07.2015

Toshkentda 2015 yil 20 iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi boʻlib oʻtdi.


Majlisda Oliy Majlis Senatining uchinchi yalpi majlisini shu yilning 6 avgust kuni Toshkent shahrida chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Unda bir qator qonunlarni koʻrib chiqish koʻzda tutilmoqda.

 

Jumladan, Parlamentning quyi palatasi taqdim qilgan «Investitsiya va pay fondlari toʻgʻrisida»gi, «Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida»gi (yangi tahriri), «Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida»gi, «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi, Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasini ratifikatsiya qilish haqidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari koʻrib chiqiladi.


Bundan tashqari, Senat a’zolari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining oʻtgan yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotni, shuningdek Oliy Majlis yuqori palatasi Kengashining boshqa qarorlarini– Senat qoʻmitalaridan birining raisini saylash, kelib tushgan murojaatlar toʻgʻrisidagi aхborotni va boshqalarni tasdiqlash boʻyicha masalalarni koʻrib chiqadilar.


Kengash majlisida, shuningdek, Oliy Majlis Senatining 2015 yilga va kelgusi yillarga moʻljallangan Harakat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning 2015 yil birinchi yarmidagi ijrosi toʻgʻrisidagi masala ham muhokama etildi. Muhokama yakunlariga koʻra, yuqori palata Kengashining tegishli qarori qabul qilindi.



Ma’ruf USMANOV.